Facebook rahbari Mark Tsukerberg 2014-yilning 31-dekabr` kuni ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilardan o`zining 2015-yil uchun maqsadlarni aniqlashga yordam so`ragan edi.
Natijada Mark Tsukerberg 2015-yil uchun shaxsiy maqsadi aniqlandi ya`ni u har ikki haftada bitta yangi kitob o`qishni tanlagan. Uning so`zlariga ko`ra, ushbu maqsadni Facebook foydalanuvchilar taklif etgan 50 ming takliflar orasidan topdi.
Kitoblarni o`qishidan maqsad boshqa madaniyatlarni, tarihni va texnologiyalarni o`rganishdir. Boshqa foydalanuvchilar Tsukerberg o`qiganini kuzatish maqsadida Facebook da “A Year In Books” deb nomlanuvchi sahifa ochilgan.
Tsukerbergning birinchi kitobi publitsist va matbuot xodimi Moyzesa Naimaning «The End of Power» kitobi bo`ldi, oldin Moyzesa Naima Foreign Policy matbuot bosh redaktori va Venesuelaning sobiq iqtisodiy rivojlantirish vaziri bo`lgan edi. 2013-yilda Britaniyaning Prospect deb nomlanuvchi matbuoti Naimani dunyoning eng nufuzli va aqlli insoni deb tan olgan.