Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — NASA

Yerga xavfli asteroid yaqinlashmoqda — NASA

Yerga 7482 (1994 PC1) asteroidi yaqinlashib kelmoqda. U sayyoradan salkam 2 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi, bu Yer va Oy orasidagi masofadan taxminan besh barobar ko‘p demak, deb xabar beradi NASA.

Asteroidning o‘rtacha diametri 1052 metrga teng. NASA tasnifiga ko‘ra, asteroid “potensial xavfli” obyekt hisoblanadi.

Ammo agentlikning ma’lum qilishicha, u kamida yaqin 100 yil ichida sayyoraga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Mazkur asteroid Yerga 1993-yildan buyon maksimal darajada yaqinlashgan osmon jismi hisoblanadi. NASA hisob-kitoblariga ko‘ra, u bundan 29 yil oldin sayyoradan 1,1 million kilometr uzoqlikdan o‘tgan. Shuningdek, NASA asteroid 2022-yilning iyulida yana Yer yaqinidan, biroq uzoqroq masofadan uchib o‘tishini ma’lum qilgan. Keyingi safar u Yerga 2015-yilning 18-yanvarida yaqinlashadi — 2,3 million kilometr uzoqlikdan uchib o‘tadi.

Avvalroq “Roskosmos” Apofis asteroidining Yer bilan to‘qnashuvi ehtimolini “juda past” deb baholagan edi. Dekabr oyi o‘rtalarida NASA yangi Sentry-II asteroid monitoringi texnologiyasini, shuningdek, Eyes on Asteroids saytini taqdim etdi, bu yerda shu paytgacha topilgan asteroidlarning barchasi haqida ma’lumot olish mumkin. Ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanadi. Agentlik shu tarzda foydalanuvchilarning obyektlar Yerga qanchalik yaqin uchishini real baholay olishiga umid qilmoqda, chunki ommaviy axborot vositalarida kosmik jismlar ko‘pincha xavfli deb ataladi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Anzur

    hammamiz ulamiz crazy

  2. Jasik

    wacko oldimizdan u4ibketarkanu

  3. Rashid

    sorry opasno…

  4. Sodiqov

    kuttorogi yumi? bir kemidimi? laugh

  5. Farrux

    vau

  6. Ra'no

    good zur

  7. Pozil

    sorry

  8. Feruza

    nima sayt bu uzi? 4unmadim.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social