Mashina

Mashina

Ushbu xikoya orqali har bir insonning orzusi bo`lgan, shu bilan birga har bir insonning uzog`ini yaqin qiladigan, bundan tashqari u bilan talab qilingan ayrim qonun-qoidalar bo`yicha yondoshmaslik oqibatida kelib chiqadigan oqibatlari haqida gaplashsak. Ya`ni bugungi mavzu mashinalar haqidadir. Albatta hali mashina sotib olmagan kishilar uchun hamma narsaning farqi yo`qdek tuyuladi. Aslida esa bunday emas. Har bir inson davlat tomonidan belgilab qo`yilgan qonun-qoidalarni bajarishga majbur. Ayrim paytlarda xaydovchilarning oddiy qonun-qoidalarga amal qilmasligini ko`ramiz.

Masalan xavfsizlik kamarini taqmaslik. Butun evropa mamlakatlarida, qolaversa qo`shni mamlakatlarda ham bu narsaga anchadan beri amal qilinib keladi. Oddiy xavfsizlik kamarini taqmaslik oqibatida ko`plab noxushliklar kelib chiqishi mumkin. Azizlar, bizda hali ko`p vaqt bo`lmadi. Xavfsizlik kamarini taqib harakatlanishga doir qoidaning amalda qo`llanilganiga qaramay ayrim xaydovchilar hali ushbu qoidalarga amal qilmayotganiga guvoh bo`lishimiz mumkin.

Birinchidan bu xaydovchining va uning yonida o`tirgan yo`lovchining o`zlari uchun xavflidir. Ikkinchidan esa davlat qoidalariga bo`ysinmaslikdan darak beradi. Bu esa Xudovandga bo`ysinmaslik. Sababi har bir inson davlat tomonidan chiqarilgan qonunlarga e`tiborli bo`lmog`i lozim. Davlatga bo`ysinish esa Xudovandga bo`ysinish demakdir.

Albatta har bir oilada mashina bo`lsa yaxshi. Sababi ko`plab mushkullarimizni bir zumda hal qilishimiz mumkin. Shu bilan birga mashina ham tilsiz texnika sanaladi. Aytmoqchimizki belgilangan qonun-qoidalarga to`liq amal qilishga o`rganmog`imiz kerak. Ayrim paytlarda ba`zi bir qoidalarga amal qilmaydigan shofyorlarga ko`zimiz tushadi. Qoidalarga bo`ysinmay harakatlanib ketgan shofyorlar xuddiki o`zlarini qahramonlardek xis qiladi.

Lekin bilmaydilarki qanchadan qancha insonlarning hayoti, qolaversa o`zining hayoti ham xavf ostida qolayotganini. Bundan tashqari shu harakat orqali boshqalarga o`zining qanchalik bilimsiz ekanligini ko`rsatayotganligidan xabari bormikan? Azizlar, hamaga mashina olishdek orzulari ushalishi tarafdorimiz. Shu bilan birga qonun-qoidalarni hurmat qilgan holda, va harakatlanish davrida boshqa shofyorlarga ham  o`z hurmat e`tiborimizni ko`rsatgan holda harakatlanaylik. Sizda ham mashina bormi?

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    da xar bir oylada moshina bulsa bu yaxshi albatta,lekin toshnkent shuncha moshina sig’dira olmaydi!

  2. нодир

    қонун-қоидаларга тўлиқ амал қилишга ўрганмоғимиз керак

  3. qizlarni moshinada kursam kulgim kelyadi xar doim. lekin bir xilarni shunaka zor boshqaradi moshinalarni,xayron qolasan!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social