Mobil telefonlar insonlarga jarohat etkazadimi?!

Mobil telefonlar insonlarga jarohat etkazadimi?!

Ular to`ppa-to`g`ri avtomobillarning to`g`risiga qarab yurmoqdalar, daraxtlarga va yo`l belgilariga urilib ketishmoqda, yo`l to`siqlaridan yiqilib tushadilar. Siz ularni bilasizmi? Xa, insonlar qo`ng`iroq qilish yoki xabar jo`natish vaqtida chalg`ishmoqdalar va turli hil jarohatlarga ega bo`lishmoqda.

Ba`zi bir shaharlarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida tezlik chegarasini pasaytirishmoqda. Boshqa shaharlarda jarimalarni ham joriy etishmoqda. Biroq natija faqat bir narsani ko`rsatmoqda ya`ni mobil moslamalarni ishlatish orqali baxtsiz hodisalar soni o`sib bormoqda.

Ma`lumotlarga qaraganda, AQShda smarfonlarga berilib ketish natijasida yo`lovchilarning jarohat olishi 250% oshishi kutilmoqda va ularning soni 144.5 million insonlarni tashkil etishi mumkin ekan. Smartfonlar mobil telefonlarga qaraganda ko`proq chalg`itar ekan chunki biz smartfonlarga ko`proq diqqatimizni ajratamiz.

Bir necha mamlakatlarda yo`lovchilarning orasida jarohatlarni kamaytirish maqsadida maxsus yo`lakchalarni ochishni boshlashdi. Biroq ko`cha va yo`llar, mobil moslamalarning ekraniga qarab yurish uchun yaxshi joy emas.

Buffalo Universiteti tadqiqotchisi doktor Ditrix yelening aytishicha, bugungi kunda har o`ninchi yo`lovchi noto`g`ri yurishlardan jarohat olishadi, bu esa rul`da bo`lgan xaydovchilardan ko`ra ko`proq baxtsiz hodisalarga olib kelar ekan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Odamzotni boshi devorga borib urilmagancha ko’zi ochilmaydi. Bir kuni “pooop” etib “moshina” urib ketadi oyoq qo’li sinadi boshi yoriladi “jinni” bo’ladi… reanimatsiyada yotadi komada, keyin sog’ayadi ungacha bandalikni bajo qivormasa “indan” keyin sog’ayadi yoki nogiron bo’lib qoladi shu bitta “ayfon” ga qariman deb “eehhh” ahmoq odamzod… Yo’linga qara. sad

  2. Исмингиз

    Dunyoni smarfonlar boshqarar smile

  3. Исмингиз

    Biz qancha gapirmaylik undi buni oldini olish qiyin, chunki insoniyat o’rganib bo’ldi bu smartfonlarga

  4. Togri hamma yomon avtohalokatlar manashu smartfonlar ortidan kelib chiqiyapti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social