Yurtimizda o`ziga xos bo`lgan bayramlar juda ko`p. Har bir millatning, xalqning urf – odati, yashash sharoiti, milliy qadriyatlari asosida turli bayramlar nishonlanadi. Lekin ularning orasida shunday bayram borki, bu millatning mustaqilligi bilan bog`liqdir. Ushbu bayram xalqimizning erkinligini, vatanimizga bo`lgan milliy iftixorimizni ifoda etadi. Shuning uchun ham mustaqillik bayrami har birimiz uchun eng ulug’ va eng aziz bayram hisoblanadi.
Mustaqillik – bu hech kimga qaram bo`lmasdan, o`z milliy manfaatlarimizni, uzoq va davomli maqsadlarimizni ko`zlab, iqtisodiyotimizning barqaror sur`atlar bilan o`sishini ta`minlash, aholining farovonligini, halqaro maydonda Vatanimizning obro`-e`tiborini munosib darajaga ko`tarishdir.
Shu bilan birga, ertangi kunimizni yanada yuksaltirishga mustahkam zamin yaratish, biz boshlagan buyuk ishlarni davom ettirishga qurbi-qudrati etadigan, hech kimdan kam bo`lmasdan hayotga kirib kelayotgan yetuk va barkamol, mustaqil fikrlaydigan yangi avlodni kamol toptirish demakdir.
Bugun mamlakatimiz, butun xalqimiz asrlar davomida orziqib, intilib kutgan, hayotimizning ma`no-mazmunini tubdan o`zgartirgan Mustaqillik kunining yigirma besh yilligini shoduhurramlik bilan nishonlanmoqda.
Shunday ekan barchangizni mustaqilligimizning 25 yilligi bilan tabiklaymiz. Bayramingiz muborak bo`lsin aziz yurtdoshlar!!!