NASA Oyda yagona vaqt standartini yaratadi

NASA Oyda yagona vaqt standartini yaratadi

LTC Oy kosmik kemalari va sun’iy yo‘ldoshlari uchun vaqtni o‘lchash standartiga aylanadi.

AQSh hukumati Milliy aeronavtika va koinot tadqiqotlari boshqarmasiga (NASA) Oy va boshqa osmon jismlarida 2026 yil oxirigacha yagona vaqt standartini yaratishni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi. 

NASA kosmik aloqa va navigatsiya ma’muri Kevin Koggins so‘zlariga ko‘ra, Oy va boshqa samoviy jismlardagi turli tortishish kuchi va ehtimol boshqa omillar vaqtni Yerdagidan boshqacharoq tarzda xis qilinishiga olib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, LTC Oy kosmik kemalari va sun’iy yo‘ldoshlari uchun vaqtni o‘lchash standartiga aylanadi, ularga o‘z vazifalarini bajarish uchun o‘ta aniqlik kerak. 

«Yerda ishlaydigan soat Oyda boshqacharoq tezlikda ishlaydi», dedi Koggins. 

OSTP rahbari Arati Prabxakar eslatmasida aytilishicha, Oydagi odam uchun Yer soatlari kuniga o‘rtacha 58,7 mikrosekundga orqada qoladi va bunda Oy vaqtini Yer vaqtidan yanada farqlovchi boshqa og‘ishlar ham bor. 

«Artemis» dasturi orqali kosmik agentlik yaqin yillarda Oyga astronavt missiyalarini jo‘natish va Marsga bo‘lajak missiyalar uchun yo‘l ochishga yordam beradigan ilmiy oy bazasini yaratishni maqsad qilgan. Bu harakatda o‘nlab kompaniyalar, kosmik kemalar va davlatlar ishtirok etmoqda. 

OSTP vakilining ta’kidlashicha, Oy vaqtining umumiy standartisiz kosmik kemalar va Yer, Oy sun’iy yo‘ldoshlari, bazalar va kosmonavtlar o‘rtasidagi sinxronlashtirilgan aloqa o‘rtasida xavfsiz ma’lumotlarni uzatishni ta’minlash qiyin bo‘ladi. Vaqt tafovutlari Oyda yoki uning orbitasida xaritalash va pozitsiyalarni aniqlashda xatolarga olib kelishi mumkin. 

«Tasavvur qiling-a, agar dunyoda  soatlar sinxronlashtirilmasa – bu qanchalik noqulay bo‘lishi va kundalik ishlarga xalaqit berishi mumkin», dedi rasmiy. 

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oyda voqt nimaga kere bupqoldi? fool

  2. Yoki hammamiz uwatga ku4amizmi? rofl

  3. Qiziq, to’g’ri argumentlar berishipti

  4. Oyda vaqt boshqacha yuradi, shunga ham u yerga boshqa vaqt standartini qo’yishmoqchi

  5. Bu ilmiy harakatlar, yaqin orada u yerga insonlar yana qo’nishadi, ular bilan aloqa qilib, aloqa vaqtini gaplashish osonroq bo’ladi

  6. Ha, to’g’ri yozdiz aka

  7. Yana bitta tarafi bor, amerikalikar barcha narsalarda birinchi bo’lishni xohlashadi, shunga ham bo’lar bo’lmagan narsalar qilishadi

  8. Assalom Alaykum Hammaga qalaysizlar yaxshimisizlar Hammani kelayotgan Ramazon Xayiti muborak boʻlsin Allah barchani oʻz panohida asrasin Roʻzadorlarning tutgan roʻzalarini Allah qabul aylasin hammaga omad baxt sogʻlik tinchlik xotirjamlik oilaviy baxt yor boʻlsin Qalbingizdan mehr yuzingizdan kulgu arimasin

  9. Salom alaykum! Rahmat, birga bo’sin! heart

  10. Barchangizni kelayotgan ramazon hayiti bilan tabriklayman

  11. Yaqinda Oyda va Marsda odamlar yashaydigan bo’ladi

  12. Mad Max

    Klass cool

  13. Kecha quyosh tutilishi bo’ldi, juda chiroyli bo’ldi

  14. Jamshid

    Klass

  15. Botirov Alisher

    Nasa jinniro

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social