Navbatlarsiz, kassa va sotuvchilarsiz oziq-ovqat do’koni! Bo’lishi mumkin emas.

Navbatlarsiz, kassa va sotuvchilarsiz oziq-ovqat do’koni! Bo’lishi mumkin emas.

Do’konlardagi navbatlar, hush-muomilasiz sotuvchilar kimga yoqadi? Dunyoda katta mashhurlikka ega bo’lgan Amazon kompaniyasi o’zining birinchi eksperimental oddiy do’konini ochdi va birinchi zamonaviy supermarket ko’rinishiga ega bo’ldi.

Amazon Go oziq-ovqatlar do’koni kassalarsiz va sotuvchilarsiz ishlaydi, bundan tashqari xaridor o’zi olgan narsalarni hech qanday ishchiga ko’rsatishi kerak emas. Hatto, hamyon, karta yoki smartfondagi to’lov ilovasini ham ishlatish shart emas. Amazon Go – kirdingiz, kerakli narsani oldingiz va chiqdingiz!

Kompaniya butun tizim ishlash va boshqarish sirlarini ochmadi, biroq texnologiyaning mohiyati ko’plab datchiklar, kompyuter kuzatish va tekshirish asosida yo’lga qo’yilgan. Xaridor do’konga kirishda skaner moslamaga o’z smartfonni qo’yishi kerak, unda Amazon Go maxsus QR-kod bo’lishi lozim. Bundan keyin smartfonni sumkaga solib qo’ysa bo’ladi, u boshqa kerak bo’lmaydi.

Aqlli tizim insonni aniqlaydi va uning virtual chekini yaratadi. Barcha olingan narsa uning “virtual savatida” ko’rsatiladi. Agarda xaridor bir nima olmaslikga qaror qilsa, u maxsulotni joyiga qo’yishi mumkin va bu maxsulot avtomatik tarzda virtual savatdan olib tashlanadi. Amazon Go xaridor do’kondan chiqib ketganda Just Walk Out tizimi xarid qilingan umumiy miqdorni Amazon balansdan yechadi.

Hozircha kompaniya faqatgina bitta virtual oziq-ovqatlar do’konini Sietle shahrida kompaniya xodimlari uchun ochdi, ammo 2017-yil boshida bu do’kon barcha uchun ochiq bo’ladi.

Manba: 24gadget

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social