Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi

Olimlar 3D printerda yog‘och chop etishga erishdi

Yog‘och bilan bog‘liq ekologik muammo bilan Raysa Universiteti tadqiqotchilari shug‘ullanib kelmoqda. Olimlar 3D printerda chop etiladigan xuddi yog‘och kabi material ixtiro qilishdi. Bu haqda Europaplus nashri xabar berdi.

Uning tarkibiga sellyuloza va lignin kiradi. Ushbu ikkala birikma keraksiz va yoqib yuboriladigan sanoat yog‘och chiqindilaridan olinadi. Ekologik jihatdan yog‘och mahsulotlarini yoqish atmosferaga juda zararlidir. Buning yechimiga esa ushbu texnologiya orqali erishildi. Endilikda ortiqcha yog‘och mahsulotlari 3D printer uchun qo‘llaniladi.

Loyiha rahbari Muhammad Rahman bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Yog‘ochni bevosita o‘zining tabiiy komponentlaridan yaratish imkoniyati ushbu sohada innovatsion kelajakning boshlanishi uchun asos bo‘ladi. Mazkur yangilik 3D printerda chop etish orqali ekologik toza yog‘och ishlab chiqarishning yangi davrini belgilaydi.

Biroq loyihaning o‘ziga yarasha kamchiliklari mavjud, jumladan, printerning siyohida yog‘och materiallarni birlashtirish bilan bog‘liq muammolar bor. Mahsulot chop etilgach, ikki sutka davomida -85 daraja sovuqlikda saqlanishi, keyinchalik esa 180 darajada 30 daqiqa mobaynida qizdirilishi lozim. Mazkur jarayonlar uchun juda ko‘p energiya sarflanadi. Shuning uchun mutaxassislar alternativ variantlar ustida ilmiy ishlar olib bormoqda.

Yangi 3D printerda chop etilgan materiallar yog‘och analoglaridan deyarli farq qilmaydi: ular tuzilishi, issiqlikka chidamliligi va hatto hidi bilan o‘xshab ketadi. Innovatsion material osonlik bilan parchalanadi va ekologik xavfsizdir. Buning ustiga, u oddiy yog‘ochdan mustahkam va chidamliroqdir.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Классно, может наконец то прекратят пилить деревья

  2. Тимур

    А то в городе уже вообще нет деревьев…

  3. Barakalla! Qachon bizda ham shunday yangiliklar bo’ladi…

  4. Shuxrat

    Mana daraxtlarni asrash uchun yangi yo’l

  5. Olimlarga har doim qoyil qolaman, shuncha yaxshi ishlar qilishadi

  6. Uy qurishni boshlashsa shundan, daraxtlarni ham kesish kerak bo’lmaydi

  7. Ajoyib

  8. Shunday kashfiyotlardan ko’proq bo’lsin

  9. Bizga jo’natishsin, bizda daraxtlar qolmayapti

  10. Ko’chada ehtiyot bo’linglar

  11. Maladsi good

  12. ZO’R!

  13. Yusufbek

    Woodmish, woodga o’xshagan laugh

  14. Barakalla

  15. Maladsi

  16. good molodsi lekin

  17. Super

  18. Klass

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social