Olimlar hech kim ko‘rmagan ko’z rangini yaratishdi

Olimlar hech kim ko‘rmagan ko’z rangini yaratishdi

Olo rangi birinchi marta inson ko‘ziga lazer impulslari ta’siri orqali o‘tkazilgan tajribalar natijasida olinmoqda.

Olimlarga ilgari hech kim ko‘rmagan rang soyasini yaratish muvaffaq bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Guardian.

AQShlik tadqiqotchilar tajriba o‘tkazib, unda ko‘ngillilarning ko‘zlariga lazer impulslari yuborilgan. Natijada to‘r pardaning ma’lum qismlariga ta’sir etilishi tufayli odamlar ilgari mavjud bo‘lmagan rangni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yangi rang soyasi tashqi ko‘rinishidan moviy-yashil, ya’ni bir oz firuzarangga o‘xshaydi. Biroq, tajriba ishtirokchilarining aytishicha, bu tavsif ular his qilgan rangni to‘liq ifodalay olmaydi.

“Biz boshidanoq bu rang misli ko‘rilmagan rang signali bo‘lishini bashorat qilgan edik, ammo miyaning bunga qanday munosabatda bo‘lishini bilmasdik,” — dedi Kaliforniya universiteti (Berkeley) muhandisi Ren Eng.

Uning fikriga boshqa bir tajriba ishtirokchisi, tadqiqot guruhi a’zosi Ostin Rurda ham qo‘shildi:
“Bu rangni na qog‘ozda, na monitor orqali yetkazib bo‘lmaydi. Gap shundaki, bu oddiy ko‘radigan rang emas — uni ko‘rishning iloji yo‘q. Bu uning bir ko‘rinishi, lekin umuman taqqoslab bo‘lmaydigan versiyasi,” — deya qo‘shimcha qildi u.

Shundan so‘ng olimlar lazer yordamida olingan rangga taxminan o‘xshash soyaning tasvirini e’lon qilishdi. Yangi rang soyasiga Olo nomi berildi.

Ma’lumki, inson ranglarni ko‘ra olishi uchun uning ko‘zida maxsus yorug‘likka sezgir retseptorlar — kolbochkalar mavjud. Ular uch turga bo‘linadi: uzun to‘lqinlarga (L), o‘rta to‘lqinlarga (M) va qisqa to‘lqinlarga (S) javob beradigan kolbochkalar. Odatda bu uchala bir vaqtda ishlaydi, chunki quyosh nuri turli uzunlikdagi to‘lqinlardan iborat aralash nurdir. Biroq, Olo rangini yaratgan olimlar tajriba davomida faqatgina M-kolbochkalarni faollashtirishgan. Ana shu sababli odamlar tabiiy sharoitda ko‘rib bo‘lmaydigan rangni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan.

Aynan shu holat ilmiy doiralarda bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. London universitetining oftalmologiya bo‘yicha mutaxassisi Jon Baburning fikricha, aslida Olo — bu mutlaqo yangi rang emas, balki “oddiy yashil rangning to‘yinganroq shakli. Uni faqat normal qizil-yashil xromatik mexanizmga ega odamda, yagona signal faqat M-kolbochkalar orqali o‘tganda ko‘rish mumkin”. Shuning uchun ham, deydi Babur, ushbu tajribaning ilmiy ahamiyati “cheklangan”.

Shunga qaramay, tadqiqot mualliflari Olo bilan bog‘liq amaliyotlar orqali inson miyasining vizual dunyoni qanday qabul qilishini chuqurroq o‘rganish mumkinligiga ishonishadi. Bundan tashqari, bu tajribaning boshqa foydali jihatlari ham bor. Masalan, to‘r pardadagi hujayralarni rag‘batlantirish orqali olimlar daltonizm yoki boshqa ko‘rish bilan bog‘liq kasalliklar haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Samandar

    Hech kim kormagan bosa, qanaqa rang boladi

  2. Samandar

    Tagin olimla ozi uni chiqazibti, deme tabiatda yoq, deme haqiqiymas

  3. Samandar

    Tufta korochi

  4. Samandar

    Boshqa qiladigan ishlari yo uzi shu olimlani

  5. Samandar

    Bomagan narsala bilan band bolishadi, foydali ochilishla qilishsin etvorila

  6. Hm… chiroyli rangga oxshidi lekn

  7. Chiroyligini heart

  8. Jamshid

    Samandar tori ettila, iskustvenniy narsa

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social