Noutbuklar ma’ruza va darslar vaqtida juda kerakli deb ishoniladi. Qalam, ruchka va daftar qo’llashdan ko’ra talabalar va o’quvchilar axborot tezroq yozish imkoniga ega eletron moslamalardan foydalanish osondir. Biroq, bir qator zamonaviy tadqiqotlar ushbu fikrga qarshi va noutbuklar ma’lumotarni o’rganishda yordam bermaydi, aksincha – faqat zarar yetkazar ekan.
Yaqinda, Prinston va Kaliforniya universiteti olimlari bir tajriba o’tkazishdi. Talabalarning bir qismi oddiy qalam va boshqalaridan noutbuk yordamida eslatma yozish so’raldi. Qo’l bilan yozgan talabalar ma’ruzani klaviaturada yozganlarnikidan ko’ra yaxshiroq o’rgandilar.
Tadqiqotchilarning aytishicha, qo’l bilan yozgan yozuvlar miyada ishlatiladi, shunda insonlar o’z fikrlarini so’zlar bilan tariflashga va qisqa gaplarni ishlatishga qodir edilar. Noutbukdan foydalanganlar esa, o’qituvchi aytgan barcha so’zlarni yozdilar.
Yana bir tajriba York va MakMaster universitetida o’tkazildi. U yerda gadjetlarga ega bo’lgan talabalarni ba’zan ma’ruza mavzusiga bog’liq bo’lmagan narsalarga chalg’ishni so’radilar, – misol uchun, kinoseans jadvaliga. Noutbuk egalari va ularning yonida o’tirgan sinfdoshlari kamroq diqqatlarini jamlanganlar va kam ma’lumotni eslab qolgani aniqlandi.
Ma’ruzalarda elektronikaning zarari ham AQSh Harbiy Akademiyasida olib borilgan tadqiqotlar bilan tasdiqlandi. Aniqlandiki, iqtisodiyot kurs talabalarining baholari har qanday gadjetlardan foydalanish taqiqlangan sinflar orasida eng yuqori bo’ldi.