Olimlar tuxum qaynatishning ideal retseptini ko’rsatish

Olimlar tuxum qaynatishning ideal retseptini ko’rsatish

Italiyalik fiziklar guruhi tuxumlarda ko‘proq ozuqa moddalarini saqlaydigan qaynatish usulini taqdim etdi. Uning mohiyati tuxumni qaynoq va biroz iliq suvga navbatma-navbat solishdan iboratdir.

Gap shundaki, oqsil va tuxum sarig‘i optimal pishishi uchun turli haroratni talab qiladi — oqsil uchun taxminan 85 darajatuxum sarig‘i uchun esa 65 daraja. 100 daraja haroratda tuxum qaynatish uning sarig‘ini butunlay qotirishi mumkin. Agar tuxum 60-70 daraja haroratli suv hammomiga qo‘yilsa, ko‘pincha oqsil yetarli darajada pishmay qoladi.

Tadqiqotchilar tuxumdagi issiqlik o‘tkazuvchanlikni hisoblab chiqib, suyuqliklar mexanikasi yordamida jarayonni modellashtirdi. Ularning yangi retsepti quyidagicha: tuxumni doimiy haroratdagi suvda ushlab turish o‘rniga, taxminan 100 daraja va 30 daraja atrofidagi suvni almashtirish kerak (bir idishda ikki daqiqa, keyin esa ikkinchisida ikki daqiqa). Jarayonning umumiy davomiyligi 32 daqiqani tashkil etadi. Yuqori harorat ta’sirida tuxum oqi yetarlicha qotadi, sarig‘i esa taxminan 67 darajagacha qiziydi, bu esa kremsimon chiqishi uchun ideal yechimdir.

“Ushbu maxsus termik profil tuxumni uning barcha qismlarida optimal darajada tayyorlash imkonini beradi”, deya xulosa qiladi Potssuolidagi Milliy tadqiqot kengashidan Pellegrino Musto jamoasi.

Kommentlar: 14 komment. 14 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nima bu?!

  2. Olimlani qiladigan ishi yo’qmi?

  3. Tuxum qaynatishniyam o’rganishadimi dash rofl

  4. Foydalanimiz endi laugh1

  5. Mayli

  6. Shoxrux

    laugh1 nima???

  7. Sotvoldiyev

    Tuxum qaynatishni endi bizga o’rgatishsin

  8. Sotvoldiyev

    Cho’chqala negative

  9. Mayli

  10. Dilshodaxon

    Hmmm

  11. Shamshod

    Omadini bersin bularni

  12. Kimga kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social