“Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

“Oskar” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

AQShda 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film nominatsiyasida kutilganidek “Oppenhaymer” g‘olib bo‘ldi. Eng yaxshi aktyor Killian Myorfi bo‘lgan bo‘lsa, eng yaxshi aktrisa deb Emma Stoun topildi. G‘oliblar ro‘yxatini taqdim etamiz.

Toshkent vaqti bilan tongda AQShning Los-Anjeles shahrida 96-Oskar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi film deb “Oppenhaymer” topildi. Film marosimda jami 7 ta “Oskar” oldi.

Ushbu filmda bosh rolni ijro etgan Killian Myorfi eng yaxshi aktyor sifatida birinchi “Oskar”ini oldi.

Eng yaxshi aktrisa esa “Kambag‘allar-baxtsizlar” filmida o‘ynagan Emma Stoun bo‘ldi.

Boshqa g‘oliblar:

  • Eng yaxshi animatsion film — Hayao Miyazakining “Bola va qush” filmi;
  • chet tilidagi eng yaxshi film — Jonatan Gleyzerning “Qiziqish zonasi”;
  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor — kichik Robert Dauni, “Oppenhaymer”;
  • ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa — Davan Joy Rendolf, “Tashlab ketilganlar”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — “Urush tugadi!”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — “So‘nggi ta’mirlash ustaxonasi”;
  • eng yaxshi qisqa metrajli jonli film — “Genri Shugarning ajoyib hikoyasi”;
  • eng yaxshi original ssenariy — “Qulash anatomiyasi”;
  • eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy — “Amerikacha jinoyat”
  • eng yaxshi grim va turmaklar — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi kostyumlar — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi badiiy-postanovka ishi — “Kambag‘allar-baxtsizlar”;
  • eng yaxshi vizual effektlar — “Godzilla: Minus One”;
  • eng yaxshi montaj — “Oppenhaymer”;
  • eng yaxshi operator ishi — “Oppenhaymer”;
  • eng yaxshi ovoz — “Qiziqish zonasi”;
  • eng yaxshi saundtrek — “Oppenhaymer”;
  • film uchun eng yaxshi musiqa — “Barbi” (Billi Aylish, “What was I made for”);
  • eng yaxshi rejissyor — Kristofer Nolan, “Oppenhaymer”.

Ukrainalik rejissyor Mstislav Chernovning “Mariupolda 20 kun” filmi “Eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film” nominatsiyasida “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Bu Ukraina filmi mualliflariga berilgan tarixdagi birinchi “Oskar”dir.

“Men bu filmni hech qachon suratga olmasam edi”, — dedi Mstislav Chernov marosimda (BBCdan iqtibos). “Men ushbu “Oskar”ni Rossiya hech qachon Ukrainaga bostirib kirmasligiga alishardim”, — dedi u.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Все заслуженно!

  2. Aziza

    Oppenheimer juda ku4li kino!

  3. Aziza

    Barbi he4 nima yutmabtide sad

  4. Azam

    Godzilla Minus one 15 million budjet bilan 200 million dollarlik kinolarni dogda qoldirdi smile

  5. Тимур

    Шуни этин! Графикаси ваще топ эди

  6. Aziza

    Downingga juda hursandman heart

  7. Otabek

    Hali Oppengeymerni ko’rganim yo’q

  8. Tohir

    Barbini ham ko’ring, zo’r kino

  9. Farruh

    Barakalla!

  10. Anonim

    Legenda! search

  11. Jamshid

    Nolan nihoyat yutdi

  12. Shuxrat

    Tabrikliman!

  13. Anonim

    Hammasi to’g’ri berildi

  14. Jamshid

    Skorseze yana hech nima yutmadi

  15. Maruf

    Congratulations!

  16. Shoxista

    Tabrik

  17. Nozim

    Oskarni menga berishsin

  18. Anonim

    I am Iron Man

  19. Sardor

    Keyingi yili Dune oladi hammasini

  20. Otabek

    Deadpool osin laugh

  21. Anonim

    Заслуженно!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social