Noyabr oyida Pixar tomonidan yaratilgan birinchi “O‘yinchoqlar tarixi” filmi 30 yoshga to‘ldi. Aynan shu multfilmning chiqishi studiyaning bankrotlik yoqasida turgan paytiga to‘g‘ri kelib, uning qayta tug‘ilishiga sabab bo‘ldi. Loyihaning muvaffaqiyati Pixar’ning Disney pudratchisidan milliardlab dollarga ega mustaqil kompaniyaga aylanishiga yo‘l ochdi.
1990-yillarning birinchi yarmida Pixar Disney qaramogʻidagi studiya boʻlib, unga tegishli bir nechta muvaffaqiyatli qisqa metrajli ishlar bor edi, ammo ular hech qanday daromad keltirmasdi. Studiya rivojlanishga muhtoj edi, ammo bu bilan hech kim qiziqmasdi.

“O‘yinchoqlar tarixi” nomli to‘liq metrajli animatsion filmni chiqarish g‘oyasi Lasseterga tegishli bo‘lgan. U Stiv Jobsga loyihani taklif qilayotganda, har bir narsaning o‘z ma’nosi, yaratilish maqsadi bor degan g‘oya haqida soʻzlab beradi. Multfilmning ilk ssenariysi quyidagi so‘zlar bilan boshlangan edi:
“Har bir inson bolaligidan sevimli o‘yinchog‘ini yo‘qotish qanchalik og‘riqli ekanini eslaydi. Bizning hikoyamiz o‘yinchoq nuqtayi nazaridan hikoya qilingan bo‘lib, u yo‘qotgan va o‘zi uchun muhim bo‘lgan yagona narsa — kichik xo‘jayinining mehri va e’tiborini qayta qozonishga intiladi. Bu barcha o‘yinchoqlarning hayot mazmuni, ularning mavjudligining hissiy asosi edi”.
Gʻoya Jobsga ma’qul keladi va u multfilm ustidagi ishlarni faol qo‘llab-quvvatlaydi, uning yaratilish jarayoniga esa aralashmaydi. Shu bilan birga, u vaziyatni o‘rganib chiqadi va Pixarʼni bozor gigantlariga: Hallmark Cards’dan tortib Microsoft’gacha sotish variantini ko‘rib chiqqandi.

Lasseter “O‘yinchoqlar tarixi”ni dastlab “buddy movie” – o‘yinchoq qahramonlar avvaliga raqobatlashib, keyin doʻstlashib qoladigan yigitlar do‘stligi haqidagi hikoya sifatida tasavvur qilgan. U jamoasi bilan birga multfilmning texnik tomoni ustida ham astoydil ishlaydi. Dastlabki sinov namoyishlarida Pixar aqlbovar qilmas texnologiyalarni namoyish etadi: masalan, Vudi sandiq ustida yashirincha yurganda yorug‘lik jalyuzilar orqali tushib, uning katakli ko‘ylagiga dog‘li soya tushirgan sahna – bu effektni qo‘lda qayta yaratish deyarli imkonsiz edi.
Ammo syujet va personajlar obrazlari Disney filmlar bo‘limi boshlig‘i Jeffri Katzenbergga mutlaqo yoqmaydi (keyinchalik u Stiven Spilberg va Devid Geffen bilan birgalikda DreamWorks’ga asos solgan). Katzenberg syujetda harakatlantiruvchi kuch, hissiy keskinlik va qiziqarli qahramonlar yo‘qligini ta’kidlaydi. Lasseter rahbariyatning barcha tuzatishlarini muntazam kiritib boradi, bu esa hikoyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sherif Vudi Eddi ismli bolaning e’tibori uchun nafaqat yangi o‘yinchoq, kosmonavt Bazz Layter bilan, balki qolgan barcha oʻyinchoqlar bilan ham raqobatlashadigan haqiqiy yovuz qahramonga aylanadi — u qo‘pol va keskin edi.

Bunday bosh qahramon oilaviy tomosha qilish uchun moʻljallangan filmga umuman mos kelmasdi. Katzenberg dramaturgiya xilma-xil yoshdagi auditoriya — bolalar va kattalarni qiziqtirishi kerakligi borasida haq edi. Ammo u haddan oshirib yuboradi. Natijada 1994-yildagi dastlabki ishlanmalarning namoyishlari barchaning hafsalasini pir qiladi: hikoya zerikarli va hissiz edi.
Stiv Jobsning yordami
Shundan so‘ng loyihani muzlatishga qaror qilishadi, ammo uning butunlay toʻxtatilishidan Lasseter va jamoaning ijodiy ishtiyoqini uygʻotgan Stiv Jobs qutqaradi. U Disney’ni filmga ikkinchi imkoniyat berishga ko‘ndiradi va xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi (keyinchalik Jobs loyihaning ijrochi hammuallifi sifatida qayd etiladi). Ssenariy qayta yoziladi — o‘yinchoqlar yanada jozibali bo‘ladi, Vudi tasodifan Bazzni derazadan tashlab yuborgan sahna kabi xatolar esa ularning hiyla-nayrangi tufayli emas, balki tasodifiy voqealar zanjiri natijasida sodir bo‘ladi. Yangi versiyada qahramonlar jozibali, ishonarli va jonli ko‘rinardi — ularga xayrixoh bo‘lishni, taqdiriga esa qayg‘urishni istardi kishi.

Ssenariy takomillashib borayotgan bir paytda, loyihaning texnik tomoni ustida ham ish toʻxtamaydi. Animatsiya Jobsda chinakam qiziqish uygʻotardi. Ayzeksonning biografik kitobida hamkasblari Jobs ularni holdan toydirganini eslashadi: ish yuzasidan uning kabinetiga kirishlari bilanoq, Stiv ularni multiplikatorlar 10 foizga yaxshilashga muvaffaq boʻlgan, allaqachon yod boʻlib ketgan sahnani yana bir bor koʻrib chiqishga oʻtqazardi.
Oʻsha paytda bozorda faqat bitta daromadli animatsiya kompaniyasi – Disney mavjud edi. “Oʻyinchoqlar tarixi” ustidagi ishda sezilarli yutuqlarni koʻrib, Stiv studiyani saqlab qolish va multfilm chiqqan paytda Pixarʼni ommaviy kompaniyaga aylantirish gʻoyasiga berilib ketadi. Koʻpchilik bu tashabbusni muvaffaqiyatsiz deb hisoblardi, ammo Jabs qatʼiy edi: studiyaga mustaqillikka erishish va Disney bilan amaldagi shartnomani qayta koʻrib chiqish imkoniyatiga ega boʻlish uchun pul kerak edi.

1995-yil noyabr oyida multfilm prokatga chiqqanidan bir hafta oʻtib, Jobs “Oʻyinchoqlar tarixi”ning muvaffaqiyatiga ishonib tavakkal qiladi. Dastlab Pixar aksiyalarini 14 dollardan sotuvga chiqarish rejalashtirilgan edi. Biroq tadbirkor boshlangʻich narxni 22 dollargacha koʻtaradi va adashmaydi. Dastlabki yarim soat ichida ularning narxi 45 dollargacha koʻtariladi va sotib olish uchun buyurtmalar soni haddan tashqari koʻpligi sababli savdolar qoldiriladi. Agar 1995-yil boshida Jobs studiyaga kiritilgan 50 million dollarni qaytarishni istab, Pixar uchun faol xaridor izlagan boʻlsa, aksiyalar chiqarilgan paytda studiya kapitali 1,2 milliard dollargacha oshgan edi.
Muvaffaqiyat tarixi
“O‘yinchoqlar tarixi” filmining o‘zi ham yuqori yutuqlarga erishadi. 30 million dollar byudjetga ega film jahon prokatida 400 million dollar daromad keltiradi. Tanqidchilar va tomoshabinlar ham hayratda qolishdi: Rotten Tomatoes saytida tanqidchilarning ma’qullash reytingi hozirgacha 100% ni, tomoshabinlarniki esa 92% ni tashkil etadi. “O‘yinchoqlar tarixi” texnik yutuqlari uchun maxsus “Oskar” mukofotini oldi. Umuman olganda, franshiza bir nechta “Oskar”, “Oltin globus”, BAFTA mukofotlari va yigirmata “Emmi” mukofotiga ega.
Studiyaning qo‘lga kiritgan mustaqilligi uning keyingi loyihalariga yashil chiroq yoqqan bir paytda, “O‘yinchoqlar tarixi” to‘laqonli franshizaga aylanib, jadal rivojlanayotgan edi. Ikkinchi qism 1999-yilda, studiyaning yana bir texnik yutug‘i – “Maxluqlar korporatsiyasi” filmining premyerasi arafasida chiqadi. 90 million dollar byudjetga ega bo‘lgan kartina dunyo bo‘ylab qariyb 500 million dollar daromad keltiradi.
“O‘yinchoqlar tarixi: Katta qochish” filmining uchinchi qismi premyerasi 2010-yilda bo‘lib o‘tadi. Byudjet sezilarli darajada oshgan bo‘lsa-da (filmning ishlab chiqarilishi 200 million dollarga tushgan), o‘zini oqladi: daromad 1 milliard dollardan oshadi.
2019-yilda multfilmning to‘rtinchi qismi chiqib, jahon prokatida yana 1 milliard dollardan ortiq daromad yig‘adi.
“Oʻyinchoqlar tarixi” oʻzining 30 yillik tarixi davomida eng muvaffaqiyatli kinofranshizalardan biriga aylanishga ulguradi. U oʻz ichiga xuddi shu nomdagi myuzikl, mavzuli attraksion parklari va merchendayzing mahsulotlarini (suvenirlar, oʻyinchoqlar) oladi. Studiya rahbariyati soʻzlariga koʻra, faqatgina uchinchi “Oʻyinchoqlar tarixi” filmining savdo mahsulotlari (merchi) film chiqqan yili qariyb 2,8 milliard dollar daromad keltirgan.
Film texnik jihatdan ham zamonaviy animatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi va Pixar’ning zarar ko‘rishdan moliyaviy muvaffaqiyatga erishib, yirik animatsion blokbasterlar ishlab chiqaruvchi studiyaga aylanishi evolyutsiyasiga guvoh bo‘ladi. Studiyaning so‘nggi yillardagi eng muvaffaqiyatli relizlari qatoriga 1,5 milliard dollardan ortiq daromad yig‘gan “Boshqotirma 2”, jahon prokatida qariyb 500 million dollar yig‘gan “Elementar” va 1 milliard dollardan ortiq daromad olgan “Super oila 2” kiradi.



Pixar va Jobs hayotidagi eng hayratlanarli jihat — ular umidsizlik paytida ham qaytadan urinishdan qo‘rqmagan. Menimcha, aynan bu jasorat ko‘p ijodiy loyihalarni qutqaradi. Agar ular “ish olmayapti” deb taslim bo‘lganida, bugun bizda animatsion kino shunchalar boy bo‘lmas edi. Tarix shuni ko‘rsatadiki, real inqirozlar — kreativ inqiloblar uchun poydevor bo‘ladi.
Maqolada Pixarning raqamli animatsiya bilan odatiy o‘yinchoq / multfilm konsepsiyasini birlashtirgani yaxshi ta’kidlangan. Kamera ortidagi arxivchi sifatida aytishim mumkinki, animatsiyaning raqamli inqilobi ekran oldidagi karton — qo‘lbola multfilmlar davriga barham berdi. Bu hayot hamda vizual san’atga yangi yo‘l ochdi: biz endi oddiy o‘yinchoqdan emotsiyalar, hissiyotlar olamiz.
Ko‘pchilik Pixar muvaffaqiyatini grafika — 3D animatsiya, kompyuter qudrati bilan bog‘laydi. Lekin “O’yinchoqlar hikoyasi”ning mantiqi — do‘stlik, ishonch, o‘yinchoqlar hayoti — bular oddiy hikoyalar, soddalik bilan yurakka teguvchi mavzular. Menimcha asl sir — hikoyaning samimiyligi va har bir tomoshabinga yaqinligi. Grafikalar shunchaki joziba, lekin qalbga yoqadigan — hikoya.
Jobs va Pixar riskga bordi: raqamli animatsiyaga pul, vaqt va umidlarini qo‘yishdi. Chunki 1980-90-yillarda bu yo‘l hali isbotlanmagan edi. Ammo artiklda aytilganidek — ular juda xavfli paytda “qayta tiklanish”ni tanladilar. Menimcha — har bir innovatsion loyiha shuni talab qiladi: risk, jasorat va strategik nazorat. Agar rayihalar buni bilsa, muvaffaqiyat ko‘p hollarda keladi.
Arxivchi sifatida ko‘ramanki, kino va animatsiya ham tarixning bir qismi. Pixar va uning filmlari — nafaqat bolalar uchun, balki butun jamiyat uchun referat, yangi ideal, ruhiy oziq. Maqola bu jihatni yaxshi ochib beradi: o‘yinchoqlardan multfilmga, multfilmdan kino tarixiga — Pixar bizga yangi davr boshlagan belgidir.
Pixar va Jobs misoli ko‘rsatadiki, muvaffaqiyat birdan emas, bosqichma-bosqich. Agar kimdir bugun ijod qilmoqchi bo‘lsa — uni bahramandlik bilan qiling, lekin natija kutishdan oldin risqlar va mehnatga tayyor bo‘ling. Men yosh kino ijodkorlariga maslahat beraman: eski loyihalarning tarixini, ularning muvaffaqiyati va tanazzulini tushuning — shunda siz ham uzoq umrli va kuchli asarlar yaratishingiz mumkin.
Pixar va Steve Jobs tarixidan ko‘rish mumkinki — kreativlik va biznes, san’at va texnologiya, xavf va umid — bularning barchasi birlashtirilsa, oddiy o‘yinchoqdan butun dunyoqarashni o‘zgartiruvchi fenomen chiqishi mumkin. “O’yinchoqlar tarixi” maqolasi shuni eslatadi: har bir muvaffaqiyat ortida — jasorat, fidoyilik va samimiy hikoya turadi. Agar zamonaviy ijodkorlar ham shuni unutmasa — ular ham kelajakda tarixda o‘z izini qoldiradi.
Juda qiziq bu maqola