2018-yilga kelib dunyoda 197 ta tan olingan davlat mavjud bo’lib, ularning har biri o’z bayrog’iga ega. O’zingiz bilganingizdek, bayroqlar juda har xil bo’ladi. Ranglar va naqshida farqlar bo’ladi, shaklidagi farqi yoki odatda ikkita uchburchaklardan iborat bo’lishi mumkin (Nepal kabi). Ammo ularning barchasi juda g’alati tafsilot bilan birlashadi ya’ni ularning hech birida kamalakning yetti rangidan birgini rangi mavjud emas. Bu qaysi rang va nega bunday?
Binafsharang!
Qanday qilib binafsharang yo’q deb o’ylashingiz mumin, lekin bu haqiqat. Butun dunyo bo’ylab “binafsharang” bayroqlarda yo’qligining sabablari bor.
Aslida bu rangni olish juda qiyin. Ilgari, binafsha rang dengiz qobig’ining shilliq qavatidan olingan.
Ushbu rangga matoni buyashi faqatgina 1856-yilda arzonlashgan. Bu vaqtda ko’plab davlatlar allaqachon bayroqlarga ega edi va bu rang ularda mavjud bo’lmagan.
Qadimgi milliy bayroqlarning aksariyati arzon va barqaror bo’yoqlardan faqat uchtasi: qizil, ko’k va qora bo’lgan davrda paydo bo’ldi. “Binafsha formulasini” kimyogar Uilyam Genri Perkin tomonidan ishlab chiqarilgan.
Ammo turli mamlakatlar vakillari bu rangni imkon qadar ko’proq ishlatish uchun o’zlarining bayroqlarini qayta tiklashga shoshilmadilar.
Biroq, ikki davlatlarning bayroqlarida kichik qismi hali ham mavjud: Dominika bayrog’ida binafsha rangli to’tiqushni ko’rishimiz mumkin.
Shuningdek, Nikaragua bayrog’ida kamalak bor. Agarda e’tibor berib qarasangiz, uning rangi o’rtasida binafsha rangni ko’rishingiz mumkin.
juda zo’r fakt ekan
dddddd