Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

Kimning xayoliga kelibdi deysiz: Gibraltar, Sidney, Antaliya — asli odamlarning ismi bo‘lgan joy nomlari

Kishilarning ismlari gohida narsa-buyumlarning, joylarning nomlariga aylanadi. Bu ba’zan buyruq yoki maxsus farmon bilan amalga oshsa, ba’zan tabiiy tarzda kechadi. Dunyoda asli kishilarning oti bo‘lgan, keyinchalik toponimga aylangan so‘zlar talaygina. Ular orasida biz yaxshi biladigan, o‘qigan-eshitgan mamlakatlar, shaharlar, daryo-yu ko‘llar bor. Joy nomlari tarixi bilan maxsus qiziqmagan kishi ular bir zamonlar odamlarning ismi bo‘lganini xayoliga ham keltirmaydi.

Gibraltar – Toriq tog‘i

Gibraltar – Buyuk Britaniyaning Pireney yarimorolidagi hududi. Shu nomdagi bo‘g‘oz va qoya ham bor. Bu nomning kelib chiqishi arab lashkarboshisi Toriq ibn Ziyod nomi bilan bog‘liq. U 711-yili qo‘shin bilan bo‘g‘ozdan o‘tib, sohildagi qoyaga istehkom qurgan. Bu istehkom sarkarda nomi bilan Jabal ut-Toriq, ya’ni Toriq tog‘i nomini olgan. Vaqt o‘tishi bilan bu nom istehkom joylashgan qoyaga, so‘ng butun hududga nisbatan ishlatila boshlagan. U Yevropa tillariga, jumladan, ispan va ingliz tillariga Gibraltar shaklida o‘zlashgan. Uni inglizlar Jibraltar, ispanlar esa Hibraltar deb o‘qiydi. O‘zbek tiliga rus tili orqali Gibraltar ko‘rinishida kirib kelgan.

Gibraltar O‘rta dengizni Atlantika okeani bilan bog‘lovchi muhim strategik nuqtada joylashgan. Unga egalik masalasida Ispaniya ham da’vogarlik qilib turadi. Hududda rasmiy til – ingliz tili. So‘zlashuvda yanito tili ishlatiladi. U ispan tilining andalus lahjasiga yaqin, ingliz tilidan kuchli ta’sirlangan, lug‘atida italyan, malta, arab, ibroniy va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar ko‘p bo‘lgan qurama tildir.

“Ismli” shaharlarga boy o‘lka

Avstraliya qit’asida odamlarning nomi bo‘lgan toponimlar tez-tez ko‘zga tashlanadi. O‘lkani yevropaliklar egallagach, yangi shaharlar, qishloqlar, aholi punktlari qurildi. Ularning aksariga mustamlakachilarning taniqli kishilari nomi berildi. Bugun bu joylarning ko‘pi yirik shaharlarga aylangan. Jumladan, Avstraliyadagi Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Hobart, Basselton, Banberi, Albani, Taunsvil kabi joy nomlari aslida kishilarning ismi bo‘lgan.

Sidney – Avstraliyaning eng katta va eng qadimiy shahri. Unga 1788 yili Angliya Qirollik floti admirali Artur Fillip asos solgan. Bu yevropalik istilochilarning qit’adagi ilk makoni, qo‘nimgohi edi. Shahar lord Sidney nomi bilan ataldi. U Buyuk Britaniyaning mustamlakalar vaziri bo‘lgan.

Melburn – kattaligi bo‘yicha Avstraliyaning ikkinchi shahri, Viktoriya shtati poytaxti. Mamlakatning tijorat, sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Jahonning eng janubiy nuqtada joylashgan millioner shahri. Shahar hududi 1835 yildan egallana boshlagan. U Yarra daryosi bo‘yida joylashgan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan aholi yashash joyi edi. 1837 yili shtat gubernatori shaharning bosh rejasini tasdiqladi. Shu yil oxirida unga Buyuk Britaniya bosh vaziri, Melburn 2-vikonti Uilyam Lamb sharafiga Melburn deb nom berildi.

Adelaida – Avstraliyaning yirik shaharlaridan biri. Shaharga 1836 yili asos solingan va unga Buyuk Britaniyani 1830–1836 yillari boshqargan Uilyam IV ning xotini qirolicha Adealaida nomi berilgan.

Barselona – qo‘mondon shahri

Barselona nomining paydo bo‘lishi haqida turli qarashlar bor. Bir taxminga ko‘ra, u qadimgi iber tilidagi Baŕkeno so‘ziga borib taqaladi va qal’a, qo‘rg‘on ma’nosiga ega.

Qadimiyroq manbalarga ko‘ra esa, shahar karfagenlik qo‘mondon Hamilqor Barqo (miloddan oldingi 270–229 yillar) sharafiga nomlangan. Taxminlarga qaraganda, sarkarda miloddan oldingi III asrda ushbu shaharga asos solgan. Barqo laqabi finikiy tilidagi baraq, ya’ni chaqmoq so‘ziga borib taqaladi. Bu so‘z bilan o‘zagi bir bo‘lgan arabcha barq o‘zbek tiliga ham o‘zlashgan. U tilimizda yashin, chaqmoq, yolqin, alanga ma’nolarida qo‘llanadi.

Biroq shahar karfagenliklarga qarashli bo‘lgani yoki shaharning qadimda ishlatilgan Barsino nomi Barqalar sulolasiga aloqadorligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shahar o‘rta asrlarda Barchinona, Barsalona, Barchelona va Barchenona kabi nomlar bilan atalgan.

Barselona shahri nomini Barsa shaklida yanglish qisqartirish urf bo‘lgan. Aslida bunday qisqartirish shaharning dunyoga mashhur futbol klubi – “Barselona”ga tegishli xolos. Mahalliy aholi shahar nomini qisqartirganda Barna deb ataydi.

Izmir va amazonkalar

Izmir Turkiyaning eng yirik shaharlaridan biri. U aholi soni bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘rinda. Antik davrlarda Izmir hududida yunonlarning Smirna shahri joylashgan. Shaharning nomi ana shu Smirnaning o‘zgargan shaklidir. Shahar nomi o‘rta asrlarda Smira, Zmirra, Esmira, Ismira, Samorna, Smurna kabi shakllarda talaffuz qilingan.

Shahar nomining paydo bo‘lishi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, lekin turli afsona va rivoyatlar bor. Tadqiqotlarga ko‘ra, smirna so‘zi yunoncha emas, Egey hududidagi boshqa joy nomlari kabi onado‘li tillariga oid. Miloddan oldingi 2000 yillarga oid matnlarda shahar Tismirna deb tilga olingan. Vaqtlar o‘tishi bilan “Ti” qismi qisqarishga uchragan.

Bir rivoyatga ko‘ra, hozirgi Izmir hududida yashagan erektidlar amazonkalar bilan jang qiladi va yengadi. Ularning boshlig‘i Tes amazon ayol Smirnaga uylanadi va hududga uning nomini beradi. Boshqa bir taxminga ko‘ra, shaharga Kipr qiroli Kinirasning qizi Smirna nomi berilgan.

Tarixiy Smirna qoldiqlari hozir shaharning Ko‘nak tumani hududida joylashgan va arxeologik yodgorlik sanaladi.

Antaliya – nomi ham, o‘zi ham ko‘hna shahar

Turkiyadagi bu kurort shahar dunyoga mashhur. Uning tarixi miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. Tadqiqotlar hozirgi Antaliya viloyati hududida juda qadim zamonlarda, jumladan, tosh va bronza davrlarida ham odamlar yashaganini ko‘rsatadi.

Mintaqa Pergamon qirolligi qo‘liga o‘tgach, uni faol o‘zlashtirish boshlanadi. Miloddan oldingi 159-yili Pergamon qiroli Attala II buyrug‘i bilan Attaliya shahriga asos solinadi. Shahar nomi arab manbalarida Antaliya, turk manbalarida Adaliya nomi bilan tilga olingan. XX asrning birinchi choragidan boshlab shahar Antaliya deb atala boshlagan.

Pensilvaniya – o‘rmonlar o‘lkasi

Amerikada ham xuddi Avstraliyada bo‘lgani kabi juda ko‘p joylarga kishilarning ismi berilgan. 1681-yili Angliya qiroli Charlz II yosh ruhoniy Uilyam Penga Delaver daryosining g‘arbidagi juda katta hududni beradi. Pen 1682-yili bu hududda Pensilvaniya koloniyasi va uning poytaxti Filadelfiyaga asos soladi.

Uilyam dastlab bu hududga Yangi Uels nomini berishni taklif etadi, lekin bu nom e’tirozlarga sabab bo‘ladi. So‘ng u Silvaniya nomini taklif qiladi. Bu so‘z lotincha silva – bog‘ so‘zidan yasalgan edi. Oxir-oqibat qirol bu hududni Pensilvaniya deb atashga qaror qiladi. Lotincha Penn Sylvania so‘zma-so‘z Penning bog‘i degan ma’noni beradi. Hududning nomi Qirollik floti admirali, Uilyam Penning otasi katta Pen sharafiga nomlanadi.

Dastlab kichik Pen bu nomdan xijolat tortadi. Chunki odamlar u haqda yanglish xayolga borishi, hududni o‘z nomi bilan atab oldi deb o‘ylashi mumkin edi. Biroq qirol joy nomini o‘zgartirmaydi va Pensilvaniya keyinchalik AQSH tarkibida alohida shtat nomiga aylanadi.

Sietl – hindular sardori

Hozirgi Sietl o‘rnida yevropaliklarning ilk qo‘nimgohi 1851-yili barpo etiladi. Bu maskanni taniqli davlat arbobi Artur Dennining safdoshlari quradi va unga “Nyu York Alki” deb nom beradilar. Alki chunuk qabilasi tilida tez oradaqachondir degan ma’noni anglatgan.

1852-yili qo‘nimgoh Elliot ko‘rfazining sharqiy qirg‘og‘iga ko‘chiriladi. Doktor Devid Meynard qo‘nimgohni sukvomish va duvomish hind-u qabilalari sardori Sietl sharafiga atashni taklif qiladi. Sietl oqtanlilar bilan murosa qilish tarafdori bo‘lib, qabiladoshlari orasida ham, oqtanlilar orasida ham obro‘-e’tibor qozongan edi.

Amerikada boshqa bir qancha joylar va muassasalar ham Sietl sharafiga nomlangan.

Buxarest – Bukurning shahri

Buxarest – Ruminiya poytaxti. Unda ikki millionga yaqin aholi yashaydi. Shahar o‘rta asrlar lotin manbalarida Cetatia Dambovitci, ya’ni Dambovitsa shahri sifatida tilga olinadi. Dambovitsa – daryoning nomi. Demak, shaharni ham daryo nomi bilan atashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar nomi 1459-yildan rumincha București shaklida tilga olina boshlagan. Bunda Bukur kishi nomini, -eshti qo‘shimchasi esa tegishlilikni bildirgan. Bukureshti – Bukurga tegishli joy, Bukurning shahri degani. Bukur ismi Ruminiyadagi boshqa joy nomlarida ham uchraydi. Bu so‘z alban tilida yoqimli, chiroyli ma’nolarini bildiradi.

Bir afsonaga ko‘ra, shaharga XV asrda Bukur ismli cho‘pon asos solgan. Biroq bu haqiqatga mos emas. Chunki Buxarest shahri undan oldin ham bor bo‘lgan.

Saragosa va imperator Avgust

Bir qaraganda, Ispaniyadagi Saragosa shahri va Rim imperiyasi asoschisi Oktavian Avgust o‘rtasida bog‘liqlik topish mushkul. Biroq shahar tarixi bilan qiziqqan kishi ular bir-biriga chambarchas bog‘liq ekaniga amin bo‘ladi.

Saragosa shahriga miloddan oldingi 24-yilda rimliklar asos soladi va unga Colonia Caesaraugusta – Imperator Avgust koloniyasi deb nom beradi. Shahar arab xalifaligi tarkibida bo‘lgan paytlarda Caesaraugusta nomi Sarakustaga aylanadi.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Caesaraugusta iborasi caesar va augusta so‘zlaridan hosil bo‘lgan. Birinchi qismdagi caesardan sezar so‘zi hosil bo‘lgan. O‘zbek tilida faol ishlatiladigan qaysar so‘zining ildizi ham shu so‘zga borib taqalishi haqida oldinroq yozgan edim.

Mavrikiy – ko‘p ism ko‘rgan orol

Mavrikiy – Janubi-sharqiy Afrikadagi orol-davlat. Hind okeanining janubi-g‘arbiy qismida, Madagaskardan taxminan 900 kilometr sharqda joylashgan. Boyligi bo‘yicha Afrikada ikkinchi, inson rivoji indeksi bo‘yicha esa eng yuqori o‘rinda.

Mamlakat nomini o‘zining eng katta oroli nomidan olgan. Orol X asr arab sayyohlarining esdaliklarida Dina arobi – Kumush orol nomi bilan tilga olinadi.

Kimsasiz bu orolga XVI asrda portugal dengizchilari qadam qo‘yadi va uni kemalaridan birining nomi bilan Sishna, ya’ni oqqush deb ataydi. 1598-yili orolni hollandlar egallaydi va Niderlandiya shahzodasi Mauris Oranj sharafiga Mauritius deb nomlaydi.

1715-yili orol Fransiya qo‘l ostiga o‘tadi va fransuzlar unga Il de Frans – Fransiya oroli deb ot qo‘yadi. 1810-yili orolni buyuk britaniyaliklar bosib olgach, unga Mauritius nomini qaytaradi.

Ha, orol tarixda ko‘p nomlarni ko‘rgan. Bir qaraganda arabchaga o‘xshab ko‘rinadigan Mavrikiy nomi esa holland qiroli ismining lotincha ifodasidan hosil bo‘lgan.

Kommentlar: 52 komment. 52 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shoxrux

    Juda chiroyli joylar ekan

  2. Тимур

    Австралия шахарлари хакида жуда кизу малумот бупти

  3. Otabek

    Toshkent esa toshlar shahri deb tarjima qilinadi

  4. Aziza

    Qizu 4iqbti, rahmat fazotv heart

  5. Тимур

    Азиза калесиз? Гулли пайдо булдилами?

  6. Gulli

    Assalom alaykum Hammaga qalaysizlar heart

  7. Aziza

    Timur aka, mana uzlariyam yozdila, bir bir kirvottila endi smile

  8. Gulli

    yes

  9. Aziza

    Nima yangilila? Qatlaga yuu bupkettiz

  10. Gulli

    Ishlarim koʻpaydide shunga telga qaramadim smile

  11. Aziza

    Qanaqa iwla, etib bering smile

  12. Gulli

    Shu qishloqda qishloqdagi ishlar boʻgʻdagi ishlarda yigʻin tering deganday shular bilan ovora edim

  13. Aziza

    4ar4amesmi?

  14. Gulli

    Yoʻq bular odatiy ishlar oʻrganib ketganman

  15. Aziza

    Hozr yiginla sezoni, wunga iw kupayganmi?

  16. Gulli

    Ha kuzda yigʻinku bir ikki kunlik lekin qishloqda har doim ish topiladi har kuni bir ish chiqadi odatiy ishlarim hayvonlar qarash ular insoni ancha charchatadi uy ishlariim koʻp emas supur sidir ovqat pishir boʻlgani

  17. Aziza

    Kuniz ke4 ke4a iw bilan utarkande, 4ar4ab ketsez kere

  18. Gulli

    Ha shunaqa lekin charchamayman unchalikmas

  19. Aziza

    Shaharga ku4ib utiwni uylamaganmisz?

  20. Gulli

    Eyyyyy bu orzu smile

  21. Aziza

    Qaysi shahar, sir bumasa smile

  22. Gulli

    Bilmadimde bunisini hali shu kun kelsa koʻramiz

  23. Aziza

    Salom alaykum, Towkentga keliw niyat yuqmi?

  24. QodirShaydullayev

    Hammaga assalomu alaykum, institutda o’qiydiganlar bormi smile

  25. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz ha bor shuni ham oʻyladi. Lekin nima qilay iloji yoʻqde smile boʻlmasa jon deb borardim

  26. Aziza

    Salom alaykum! Towkentda uzi buganmisiz?

  27. Aziza

    Salom alaykum Qodir aka, hm bor, man smile

  28. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz ha albatta ❤ kiss

  29. Aziza

    Salom alaykum! Rahmat, uziz4i? 4ar4amesmi? Iwla yaxwimi?

  30. Gulli

    Aziza yaxshi boʻlsangiz xursandman yoʻq hozir ishlar tugadi deyarli shu kunlik ishlar bulardan charchamayman rahmat ☺️ smile

  31. Aziza

    kiss Kayfiyatiz yaxwiro buldimi?

  32. Gulli

    Ha albatta sizday dugonam bor ekan kayfiyatim har doim Aʼlo boʻladide ❤♥️

  33. Aziza

    kiss kiss Nimala qivos?

  34. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz Xayrli kun kelishganimizdey kelsangiz gumma qilmoqchiman tushlikga kelasizmi kiss heart

  35. Gulli

    Oʻziz nima qilvosiz Azizam smile

  36. Aziza

    Adresni yozvorin, hozr boraman smile smile kiss

  37. Aziza

    Uydaman, womollab yotibman cry

  38. Gulli

    Voyyyy nega nima boʻldi shamolab qolgudek dori ichib oldizmi boredom Tezroq sogʻayib keting Allah shifo bersin ♥️

  39. Aziza

    Rahmat! Ha ke4asi sovu buvotti, wunga muzlab qolib, mazam yuuu endi sad

  40. Gulli

    sorry sad boredom tezroq tuzalib keting

  41. Aziza

    Rahmat, harakat qilaman heart Uziz qanaqasz?

  42. Gulli

    Yaxshi rahmat Allahga shukr yaxshiman

  43. Aziza

    Uyiz tin4mi?

  44. Gulli

    Ha Allahga shukr tinch oʻzizchi

  45. Aziza

    Bugun an4a yaxwiman, nima qivos? smile

  46. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yaxshimisiz menda hozircha bekorchilik

  47. Aziza

    Kayfiyatiz yaxwimi?

  48. Gulli

    Ha yaxshi oʻzizchi ❤

  49. Aziza

    Rahmat, an4a yaxwi heart

  50. Gulli

    Ha unda yaxshi xursandman kiss

  51. Aziza

    good good

  52. Gulli

    kiss

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social