Qovun iste’mol qilishning 10 ta sabablari

Qovun iste’mol qilishning 10 ta sabablari

Qovun vitaminlar, minerallar va tana vazifasini to’g’ri ishlash uchun yordam beradigan va boshqa oziqalarni o’z ichiga olgan ajoyib poliz ekini hisoblanadi. Shuningdek, qovun saraton va insult kabi kasalliklardan himoya qilar ekan.

  1. Qovun C vitamin bilan boy

100 gr qovunning har qanday turi kundalik vitamin C ning 20-30% darajasini beradi. Bu vitamin butun tana to’qimalariga, normal o’sishga va tanaga xizmat ko’rsatish uchun muhim ahamiyatga ega, shu jumladan yara, suyak va tishlarni tiklashda yordam beradi.

  1. Vitamin A

Vitamin A sog’lom tishlarga va suyaklarga zarur, shuningdek teri va shilliq pardalarida muhim ahamiyatga ega. Bu ko’zning o’tkirligini yaxshilaydi.

Qovunning barcha navlari vitamin A ni o’z ichiga oladi, ayniqsa kalantupa qovun turining 100 g retinol organizm kundalik ehtiyojlarini 112% ta’minlaydi.

  1. Quvvat beradi

Qovunning ko’pgina turlari shakar va uglevodlarni qayta ishlashda kerak bo’lgan B vitaminlarini o’z ichiga oladi. Shunday qilib, qovun quvvat bilan tanani to’ldiradi.

14141

  1. Qovun ozishga yordam beradi

Boshqa meva va rezavorlar kabi, qovun vazn yo’qotish uchun ishlatilishi mumkin. U o’z kaloriyasiga ega (taxminan 35 kkal 100 gr da), va deyarli hech qanday yog’ yo’q. Bundan tashqari, undagi suv miqdori to’qlik tuyg’usini beradi va shokolad yeyish hohishini bartaraf qilar ekan.

  1. Anti-saraton xususiyatlariga ega

Qovundagi karotenoid saratonni oldini olish va rivojlanishini to’xtatish uchun yordam beradi.

  1. Yurak va qon tomirlarini sog’lom tutadi

Qovunda antikoagulyant adenozin mavjud, u qonni suyultiradi, shunday qilib qon tomir va yurak xastaligi xavfini kamaytiradi. Shuningdek qovunda yurak-qon tomir tizimi uchun muhim mineral hisoblangan kaliy ham mavjud. U qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi va gipertoniya oldini oladi.

  1. Buyrak kasalligini davolaydi

Qovun siydik haydash xususiyatiga ega. Agar ertalab uni iste’mol qilsangiz, buyrak sog’lom bo’ladi. Bundan tashqari, limon va qovun uyg’unligi podagra davolashda samarali bo’lishi mumkin.

  1. Hazm qilishni yaxshilaydi

Qovun ichaklarni tozalaydi va ich ketishni yengishga yordam beradi. Biroq, uni tashkil etuvchi minerallar, ko’pincha oshqozon muammolarni sabab kislotani bartaraf etadi.

maxresdefault

  1. Qovun teri salomatligini qo’llab-quvvatlaydi

Qovun tarkibidagi vitaminlar regeneratsiyasini tezlashtiradi, elastik teri saqlash va qarishga qarshi kurashadi.

  1. Qalin sochlarni o’sishga yordam beradi

Qovunda ega bo’lgan vitaminlar va foydali moddalar, soch o’sishiga olib keladi va soch to’kilish oldini oladi.

________________________________________

Bundan tashqari qovun juda mazali, albatta uni to’g’ri tanlaganda.

Manba: lifehacker.ru

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social