Zamonaviy dunyo uchun noodatiy “Ixtiro”ni Slovakiyadan aka-uka taqdim qilishdi. Ko’pchilik allaqachon bunga qiziqib qolishdi va albatta rangsiz kofeni sinab ko’rishni istashadi.
Ichimlik tishlar va kiyim ustida dog’ qoldirmaydi. Aka-ukalarning aytishicha, ichimlik kofeni taqlid qiladi va to’liq ta’mini yetkazadi. Kofe sevuchilar uchun esa unda haqiqiy kofeda ega bo’lgan yetarli darajada kofein ham mavjud.
Olimlar kofeda juda katta miqdorda moylar borligini aniqlashgan. Aynan ular tishlardagi noxush dog’larga sabab bo’lar ekan.
Aka-ukalar qanday qilib butunlay kofeni rangsiz qilganini sirini ochishmadi. Retsept topish uchun ular uch oy davomida ishlashdi.
Hozirda rangsiz kofe (CLR CFF) faqatgina Buyuk Britaniya va Slovakiyada mavjud. 200 ml 5 kofe shishalar £ 15 turadi.
Tatib ko’rish kerak ekan, qiziq)