Shayx Moza: Qatarlik ayollarga mashina boshqarish va erkin uslubda kiyinish huquqini qaytargan ayol hikoyasi

Shayx Moza: Qatarlik ayollarga mashina boshqarish va erkin uslubda kiyinish huquqini qaytargan ayol hikoyasi

Sharq ayoli deganda ko‘z o‘ngimizga to‘q libosga burkangan, umr yo‘ldoshining itoatli soyasi bo‘lib yuradigan ayol keladi. Ammo dunyo o‘zgaradi, bir joyda turmaydi. Shayx Moza esa bunga yaqqol misol bo‘la oladi. U sharq ayolining nufuzli shaxs bo‘la olishi mumkinligini isbotlay olgan.

Ushbu ayol shunchaki moda ixlosmandi emas, o‘ziga xos uslubda kiyinishning namunasi ham sanaladi. Ammo bu hali hammasi emas, shayx Moza siyosat va biznesda ham o‘zini sinab ko‘rgan hamda muvaffaqiyatga erishgan. Kiyinish borasida yangiliklardan cho‘chimaydi, ammo shu bilan birga, obrazlaridan an’analarga sodiqligi ufurib turadi.

Yetti nafar farzandli bo‘lishiga qaramay, u hamon sarvqomat

Nozik qaddi-qomatiga havas qilsa arziydigan Shayx Mozaning 7 nafar farzandi borligiga ishonish qiyin.  Xamad bin Kalif al-Tanining ikkinchi rafiqasi Mozani ko‘rganida Qatar aholisi hayratdan yoqa ushlagan. Uning boshqa ayollardek o‘ranib yurmasligi, qomatiga urg‘u beradigan liboslarni kiyishi barchani lol qoldirgan. Qolaversa, ayol kishining davlat ishlarida faolligi, hamisha qabul va ish bilan bog‘liq tadbirlarda turmush o‘rtog‘i bilan yelkama-yelka turishi ham fuqarolar uchun yangilik bo‘lgan.

Birinchi ta’lim, keyin “oq otdagi shahzoda”

Shayx Moza bolaligidanoq qalbi va tafakkuriga quloq solib ulg‘aygan. Qatarning merosxo‘r shahzodasi unga turmush qurishni taklif qilganida u 18 yoshda bo‘lgan. Ammo u oila qurishga qaror qilishdan avval ta’lim olishni muhim deb hisoblagan. Qatar universitetida o‘qib, Amerikada malaka oshirganidan keyingina turmushga chiqishga rozilik bergan. Oila qurganidan keyin esa o‘zini oilasiga bag‘ishlagan.

Turmush o‘rtog‘i uning erkini cheklamagan

1995-yilda Mozaning umr yo‘ldoshi Qatar amiri bo‘lgan. Boshqalardan farqli o‘laroq, yangi amir go‘zal, jozibali va o‘ziga ishonchi yuqori bo‘lgan ayolini uyda olib o‘tirmagan. Xonim avvaliga ayollarga xos xayriya, ta’lim va gumanitar loyihalar bilan shug‘ullangan. Ammo keyinchalik xalq orasida amirning o‘qimishli ayoli unga ta’sir ko‘rsata boshladi, degan mish-mishlar tarqalgan. “Kulrang kardinallik” unga yuqori rasmiy lavozimlarni egallash, YuNESKO maxsus elchisi bo‘lish, qolaversa, boshqa mamlakatlarga ta’lim masalasi bo‘yicha safar qilish imkonini bergan.

Bolalarni o‘qitish va nochorlarni davolash — ustuvor yo‘nalish

Moza siyosiy va moliyaviy masalalarni hal qilish bilan ham shug‘ullangan. U tomonidan asos solingan Arabiston demokratik fondi mustaqil OAVlarni qo‘llab-quvvatlagan. Moza oilaviy masalalar bo‘yicha Oliy kengashga rahbarlik qiladi. U dunyoning turli burchaklaridagi bolalarning sifatli ta’lim olishi uchun qo‘lidan kelgancha harakat qiladi. Buning uchun u turli mamlakat liderlari bilan ko‘rishadi hamda ta’lim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan muzokaralar olib boradi. Bu bilan cheklanib qolmasdan, qurbi yetmaydigan kishilarni davolash uchun millionlab mablag‘ sarflaydi.

“Sharq ayollariga ozodlik!”

Mozaning Qatarda paydo bo‘lishi ayollar bilan bog‘liq vaziyat, ularga bo‘lgan munosabatning keskin darajada o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Nozik jins vakillari saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘ldi, mashina boshqarishga ruxsat berildi, shu bilan birga, kiyinish bilan bog‘liq talablar ham avvalgisidan farq qila boshladi. Sohibjamol va sarvqomat ayol boshqalardan farqli ravishda, ammo shu bilan birga, sharqona chegaralardan chiqmagan holda kiyinishi bilan barchani o‘ziga mahliyo qilgan.

Hijob o‘rniga ko‘ylak va turban

2002-yildan hijobini zamonaviy liboslarga almashgan Moza uzun ko‘ylak hamda sochlarini turban ostiga yashirgan holda ko‘rinish bergan. Qomatiga urg‘u berib turadigan o‘ziga xos libos hamda boshidagi aksessuar o‘zgacha uslubda ko‘rinishiga hissa qo‘shgan. Qatarning amiri sifatida ma’lum bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bunga qarshilik qilmagan. Rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, suratga tushishiga izn bergan.

O‘jar, aqlli va sevimli

Amirning uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashining sababi — har doim o‘z fikri va pozitsiyasiga ega bo‘lgan ayolni sevishida. Mozadan keyin mamlakatdagi boshqa ayollar ham kiyinish borasida undan ilhomlangan. Uzun, ammo chiroyli ko‘ylak kiya boshlagan nozik jins vakillari u singari turbandan foydalangan.

Ammo Moza ko‘ylakning o‘zi bilan cheklanmagan, katta kamarli kostyumlar, kofta va shimlar, hatto kardigan bilan moslab jinsi ham kiya boshlagan. Did va uslubni kiyinishida umumlashtirishga muvaffaq bo‘lgan Moza obrazlarini shaxsan o‘zi tanlaydi. Dunyoga mashhur brendlardan kiyinishni afzal biladigan xonim Valentino brendining ashaddiy muxlislaridan sanaladi.

Xalqining qalbidan joy olgan ayol

Aholining Mozaga bo‘lgan sevgisi o‘zgacha. U rasmiy uchrashuvlardagi aksariyat suratlarida juda ham dilbar va latofatli ko‘rinadi. Boshqa birinchi xonimlar davrasida ham bashangligi bilan ajralib turadi. Qaddini qirollik oilasi vakillariga xos tik tutishi, baland poshnasi va yuzida aks etgan o‘ziga bo‘lgan ishonchi barchani jalb qiladi.

Moza endilikda birinchi xonim emas, biroq hozirgi mamlakat rahbarining volidasi hisoblanadi. 2013-yilda katta o‘g‘li Tamim bin Hamad at-Tani Kilian Qatarning yangi amiri bo‘lgan. 27 nafar farzandi bo‘lishiga qaramay, sobiq amir mamlakatni Mozaning o‘g‘li boshqarishini istagan.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Жуда кучли аёл! Эри уни куллаб кувватлиди

  2. Bizda ham ku4li ayollar kupayvotti, afsus hamma ham bunga hursanmas

  3. Ayol borki dunyo go’zal bo’ladi, ayol borki sevgi bo’ladi

  4. Diyorbek

    Ayollarni har doim hurmat qilishimiz kerak!

  5. Ayolni joyi oshxonada rofl

  6. Ominaxon

    Nimalar deyapsiz XXX??? dash

  7. Hazil bu rofl

  8. rofl Bar4amiz wunday ku4li ayollar bulilu!

  9. Inshaalloh Aziza Allah ayolga oʻzi ham bilmaydigan kuch bergan bazida namoyon boʻladi bazida boʻlmiydi buni vaqt koʻrsatadi lekin ayol qiladigan ishlarga erkakni kuchi ham sabri ham yetmidi

  10. Hazil ham oʻtib tushdiku oʻzi shundagʻam ayyolarga Allah sabr bergan sportchimas ayollar boʻlmasa erini tepib kaltaklab yurardi jahli chiqsa rofl

  11. rofl rofl rofl rofl Hozr erkela yugirib keliwadi rofl

  12. Voy, qizlarni kuchi yetarmidi laugh

  13. Ha. kuchi yetadigan qizlar ham bor rofl

  14. Yigitlani ham hammasi ku4limas laugh

  15. smile yaxshi insonga o’xshaydilar

  16. Niyozbek

    negative yoqmadi menga

  17. Barakalla

  18. Amirxon

    good

  19. Ajoyib inson ekanlar.

  20. Malades!!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social