Shvetsiyaning o‘z qoidalariga ega alohida dunyo ekanini o‘zida mujassam etgan suratlar

Shvetsiyaning o‘z qoidalariga ega alohida dunyo ekanini o‘zida mujassam etgan suratlar

Madaniyatidagi o‘ziga xosliklar, ABBA guruhi va taomlari bilan ma’lum bo‘lgan Shvetsiyaning boshqa mamlakatlardan farqli ekanini isbotlaydigan fotolarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Shvetsiyada hatto chiqindi baklarida ham Wi-Fi bor.

Shvetsiyaning biz uchun g‘alatidek tuyuladigan, ammo o‘ziga xos hajm birlik tizimi bor.

Shvetsiya imkoni bo‘lgan hamma narsa qayta ishlanishi bilan ham Shvetsiyadir. Yilda bir marta tashlab ketilgan velosipedlarga olovrang “nakleyka” yopishtirilib chiqiladi. Egasi topilmasa, maxsus xizmat vakillari tomonidan olib ketiladi. Keyin ularga qimmat bo‘lmagan narx belgilanib, sotuvga qo‘yiladi.

Mushuk va mushukchalar o‘tayotganda ogohlikka chorlovchi belgi.

Faqatgina Shvetsiyada xarid qilingan muzqaymoq o‘ramida uni qayta ishlash uchun qog‘ozni qog‘ozga, kartonni kartonga tashlash kerakligi eslatilganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Shvetsiyadagi chiqindilarni alohida utilizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan yer ostidagi vakuumli quvurlar ekologik dizaynda muhim rol o‘ynaydi.

Supermarketdagi meva va sabzavotlar bo‘limida plastik paket o‘rniga qog‘oz paket beriladi. Mazkur pishiq paketlardan keyinchalik (kompost maqsadida) chiqindi solishda foydalanish mumkin.

Shvetsiyaning doimiy aholisi 400 kishidan oshmaydigan Vrango orolida mashinalarda harakatlanish taqiqlangan.

Turar joylarning o‘zida ham chiqindilar qayta ishlanadi.

Shvetsiya do‘konlaridan xarid qilingan konfetlarning ta’mi shirin, nordon, sho‘r va achchiq bo‘lishi mumkin.

Supermarketning yonidagi mini-kutubxona.

Shvetsiyadagi uylar o‘ziga xos dizaynga egaligi bilan ham diqqatga sazovor.

Mamlakatdagi deyarli barcha hayvonlar sug‘urtalangan va ro‘yxatga olingan.

Shvetsiyada yilning to‘rt faslida ham muzqaymoq sotadigan yuk mashinasini uchratish mumkin.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Guli

    Shvetsiyaga borgim keldi endi. Juda qiziq davlat ekan, o’zimning ko’zlarim bilan ko’rgim kelyapti endi unknw

  2. Gulli

    Bularni koʻrib shu yerda yashashni juda xoxlayman qaniydi hozirdanoq shu yerda yashay boshlasam juda zoʻr boʻlardi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social