Dunyoning ifloslanishi va illyuziya: Siena Creative Photo Awards tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar

Dunyoning ifloslanishi va illyuziya: Siena Creative Photo Awards tanlovida g‘olib bo‘lgan fotosuratlar

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Siena Creative Photo Awards tanloviga 128 ta mamlakatdan fotosuratchilarning o‘n minglab fotolari taqdim etilgan. G‘olib va sovrindorlar 17 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlangan.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan barcha asarlar joriy yilning noyabr oyida Siena Awards festivali doirasida Italiyaning Siena shahrida namoyish etiladi.

Quyida Euronews nashri bu yilgi g‘olib deb topilgan nominatsiyalardan eng sara fotolarni taqdim etadi.

Portugaliyalik fotograf Andre Botoning yuqoridagi “Yolg‘on illyuziya” asari tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘ldi. Montixo shahrida olingan bu surat ekzistensial muammolar manbasi bilan kurashish o‘rniga, ifloslanishni e’tiborsiz qoldirish haqida batafsil bayon qiladi.

Oziq-ovqat nominatsiyasi g‘olibi Yuliy Vasilev bu foto bilan konservalangan va qayta ishlangan oziq-ovqatlarga o‘rganib qolish o‘rniga haqiqiy va yangi mahsulotlardan foydalanish muhimligini uqtirgan.

Ushbu nominatsiya g‘olibi Du Yining ushbu surati, 1793-yilda rassomning do‘sti Jak-Lui Devidning o‘ldirilgan fransuz inqilobi yetakchisi Jan-Pol Marat tasvirlangan rasmiga ishora qiladi.

Du Yining “o‘ynoqi” va “istehzoli” surati o‘zida odam va quti tasvirini saqlab qoladi. Biroq xitoylik fotosuratchi Maratning yuzini bekitgan holda qoldirishni afzal ko‘radi.

To‘y nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan ushbu suratda italiyalik fotograf Salvadori, kelinning kirib kelishini kutayotgan kuyovning yig‘lab yuborgan insoniy unutilmas lahzasini muhrlagan.

Eksperimental nominatsiyasi g‘olibi avstraliyalik fotosuratchi Jo Xouell esa, o‘z suratida chumolilar koloniyasini g‘ayrioddiy holda birlashtirish tasviri orqali, bir necha million insonlar o‘rtasida ham o‘zaro hamkorlik zaruriy masala ekanini anglatmoqchi bo‘ladi.

Bu surat — hatto eng kichik mavjudotlarda ham o‘zaro bog‘lanadigan murakkab munosabatlarni hamda insoniyat o‘rtasidagi har bir kishi, hatto biror oila yoki jamoaga kelgan eng so‘nggi yosh bola ham qanday muhim rol o‘ynashini ko‘rsatishga urinishdir. Bu tasvirni yaratish uchun mendan ancha sabr-toqat talab qilindi.

Jo Xouell avstraliyalik fotosuratchi 

Konseptual nominatsiya g‘olibi bo‘lgan bu asar ispaniyalik fotograf Tania Barrenetxeaga tegishli. U o‘z suratida diqqat markaziga “Ruhiy salomatlik” holatini oladi. Tania asarini tushkunlik bilan kurashayotgan bir paytida yaratgan va o‘z kechinmalarini tasvirlar orqali ifodalamoqchi bo‘lgan.

Kommentlar: 9 komment. 9 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda zur good

  2. Qoyil

  3. Solihiddin

    4iroyli rasmla

  4. .......

    Assalomu aliykum hammaga juda guzal maqola usha rasmlani yaratgan odamga ishlariga omad

  5. Klass

  6. Suratlar zur

  7. Nodirbek

    Yaxshi yaxshi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social