Shubhasiz, smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Biron narsa haqida bilmoqchimisiz? Googleʼga kirasiz. Biron narsani hisoblash kerakmi? Kalkulyatorga kirasiz. Biron joyga borish kerak bo‘lsa va siz u yerni qayerda ekanligini bilmasangiz ham qo‘rqishga hojat yo‘q. Axir smartfoningizda butun dunyoni besh qo’liday biladigan xarita borku! Telegram’da do’stlar bilan suhbatlashish, ijtimoiy tarmoqlarda “suzish” va o‘yinlar o’ynashni esa aytmasa ham bo‘ladi. Baʼzida shunday hollar bo‘ladi-ki, smartfonda qiladigan ishingiz bo‘lmasa ham siz shunchaki uning yoniq ekraniga termilib o‘tirasiz. Shunday qilib, o‘rtacha foydalanuvchi o‘z smartfonini kuniga 150 marta ochadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, har besh odamning bittasi smartfonsiz yurishdan ko‘ra, bir hafta oyoq kiyimsiz yurishni afzal ko‘rar ekan. Bu nima ekanligini bilasizmi? Bu – “nomophobia” yoxud “no–mobile–phone–phobia”, o’zbekchasi: “mobil telefon yo‘qligidan qo‘rqish” hisi. Albatta, bu yaxshi emas. Maʼlum bo‘lishicha, smartfonga qaramlik inson miyasi faoliyatiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Masalan, tinchlanish yoki eyforiya tuyg‘usini keltirib chiqaradigan neyrotransmitterning buzilishini olib keladi. Baʼzi tadqiqotlarda esa bu miyadagi “kulrang materiya”, ya’ni harakat, xotira va hissiyotlarni boshqaradigan markaziy asab tizimining bir qismining yo‘qolishiga olib kelishi ham qayd etilgan.
Nomofobiyadan qanday qutulish mumkin?
Yuqorida aytilganidek, smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib bo‘lgan va siz ulardan shunchaki voz kechib, o‘rta asr odamiga aylanib qolishni xohlamaysiz. Biroq, unga bo‘lgan qaramlik yoxud nomofobiyani quyidagi amallarni bajarish orqali kamaytirishingiz mumkin.
Bildirishnomalarni cheklang. Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari yoki mobil o‘yin ishlab chiqaruvchilari siz ularning ilovalaridan maksimal darajada ko‘p foydalanishingiz uchun sizga har kuni, deyarli har soatda bildirishnomalar yuborishadi. Yoki O‘zbekistonda eng ko‘p foydalaniladigan messenjer – Telegramʼda siz obuna bo‘lgan kanallardan ham har daqiqa bildirishnomalar kelib turadi va bular sizni yana smartfoningizni qo‘lga olib, unga “sho’ng’ib ketish”ingizga sabab bo‘ladi.
Tanaffus qilishni o‘rganing. Dasturxon atrofida yoki do‘stlar davrasida smartfondan foydalanish, nafaqat unga bo’lgan qaramligingizdan, balki yaqinlaringizni hurmat qilmayotganingizdan dalolat beradi.
Smartfon bilan uxlamang. Uxlashdan avval smartfoningizni iloji bo‘lsa boshqa xonaga qo‘ying. Agar budilnikka bilan uyg‘onishga odatlangan bo‘lsangiz, telefonni kamida 1-2 metr uzoqlikka, Samolyot rejimini yoqqan holda qo‘ying.
Mobil o‘yinlardan o‘zingizni tiying. Qanchalik qiziqarli bo‘lmasin, ular shunchaki sizning vaqtingizni olishini tan oling. Agar o‘yin unchalik muhim bo‘lmasa, uni o‘chirib yuboring.
So‘z oxirida shuni aytish kerakki, Bularga amal qilish va smartfonga qaram bo‘lib qolmaslik faqat va faqat o‘zingizga bog‘liq.
Ух, бунака касаллик борлигини билмаганаканман
Nomofobiya? Birin4i marta ewitiwim
Hozir hammada wu kasal, telefoni bumasa panika qiladi
Odamla telefonni qullari
Smartfonsiz hayot yoq
telefonla ne4 pul?
Qanaqa telefonla?
Iphonela
Qimmat
assalomu aliykum hammaga telefon uzi oddiygina narsayu lekin odamlani uziga bog’lavogan lekin smartfonsiz hayot bor boshqa telefonlarsiz ham yashab buladi
Salom, telefonda nafaqat hayot, balki iw ham
Hamma iwimni telefon orqali qilaman
Telefonim iwlametti, nima qili?