Hozirga kunda insonlar smartfonsiz hayotni tassavur qilolmaydilar. Hattoki erta tongdan uyg`onganida birinchi bo`lib smartfonni qo`liga oladi. Kimlardir yaxshi qayfiyatda uyg`onishadi, kimlardir yomon kayfiyatda. Ammo doimo yaxshi kayfiyat bilan turishning xam yangi usuli paydo bo`ldi.
Aytishadiki, erta tongdan eng asosiy narsa – bu ijobiy to`lqinga ulanishdir. Smile Clock dasturi foydalanuvchilarni har erta tongni smartfonning old kameraga qarab astoydil tabbasum qilishga majbur qiladi.
Bu juda oson ishlaydi: old kamera yuzingizning ko`rinishini “skanirovat`” qiladi va qachonki mazkur dastur sizning tabbasumingizni ko`rsagina dasturda musiqa o`chadi. Biroq, agarda erta tongdan tabbasum yuzingizda paydo bo`lmasa, uni baribir qo`l bilan o`chirish mumkin.
Shuningdek, o`zingiz uchun “tabbasum ob`ektni” tanlasa bo`ladi. Foydalanuvchi, masalan, “budil`nik zastavka” o`rniga kulgili rasmlarni tanlash yoki signal o`rniga quvnoq qo`shiqni ko`yishi mumkin.
Ilovani Google Play do`koni orqali bepul yuklab olish mumkin.