Bolangizga qanday meros qoladi?

Bolangizga qanday meros qoladi?

Hammasini o‘zingizdan boshlang. Bolangizga ming o‘git bermang, agar siz ishonmasangiz, o‘zingizni sevmasangiz, o‘rnak bo‘la olmasangiz, u gaplaringizga quloq solmaydi. Siz bolaga ichki holatingizni hadya etasiz.

Moddiy boylikdan ko‘ra ma’naviy boylikni meros qilib qoldiring. Inson dunyodan o‘tib ketganida, ota-onasidan qolgan pullarni tezda yo‘qotadi, ma’naviy boylikni esa butun umr ishlatadi, shu bilan birga moddiy boyligini ko‘paytiradi. Farzand uchun o‘qituvchilar, murabbiylar, ustozlarning ahamiyati katta, ammo uning tarbiyasidagi poydevorni siz qo‘yasiz. Shu sababli ota-onalar hayotining oxirigacha o‘z ustida ishlashlari lozim.

Afsuski, oxirgi paytlarda aksariyat ota-onalar ma’nan o‘smay qolishyapti, farzandlari ulardan o‘zib ketib, o‘rtada nizolar yuzaga kelmoqda.

Kezi kelganda, farzandingizdan uzr so‘rashdan uyalmang. Agar sizga noto‘g‘ri muomala qilsa, xafa bo‘lasiz-ku, nima uchun bola sizdan ranjimasligi kerak?! Uning tarbiyasi yo‘lida «Bolajonim, mana bu joyda xatoga yo‘l qo‘yibman, mendan o‘tibdi, xafa bo‘lmagin», deb qo‘ying. Shunda farzandingiz sizga, jamiyatga kerak ekanligini ko‘proq his etadi.

Kommentlar: 40 komment. 40 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Shaxnoza

    Dilimga juda tegdi bu maqola… Rostdan ham bolaga eng katta meros — ota-onaning muomalasi ekan.

  2. Shaxnoza

    Ko‘pchilik faqat uy, mashina qoldirishni o‘ylaydi, lekin tarbiya va mehrni unutadi. Juda to‘g‘ri yozilibdi

  3. Shaxnoza

    “Siz bolaga ichki holatingizni hadya etasiz” degan joyini qayta-qayta o‘qidim. Juda chuqur gap ekan…

  4. Shaxnoza

    Ba’zi ota-onalar uzr so‘rashni uyat deb biladi. Aslida esa bu hurmat va kuch belgisi

  5. Shaxnoza

    Farzand tarbiyasi faqat gap bilan emas, o‘rnak bilan bo‘lishini hamma tushunib olsa edi…

  6. Shaxnoza

    Juda foydali maqola bo‘libdi. Ota-onalar birinchi navbatda o‘z ustida ishlashi kerakligini eslatib turadi

  7. ajoyib maqola bopti

  8. Dilnoza

    Juda to‘g‘ri yozilibdi. Ota-ona avval o‘zini tarbiya qilmasa, bolaga bergan nasihati havoda qoladi. Shu gap yuragimga tegdi.

  9. Dilnoza

    “Siz bolaga ichki holatingizni hadya etasiz” degan joyini o‘qib rosa o‘ylab qoldim. Rostdan ham bolalar bizni ko‘rib ulg‘ayadi.

  10. Dilnoza

    Hozir ko‘pchilik faqat pul topishni o‘ylab qolgan, ma’naviyat esa chetda. Keyin “nega farzandim sovuqqon?” deb yurishadi…

  11. Dilnoza

    Farzanddan uzr so‘rash kerakligi juda katta gap. Ba’zi ota-onalar o‘zini doim haq deb biladi, shu sabab bolalar ichidan sinib ketadi.

  12. Dilnoza

    Menimcha eng katta meros — mehr va yaxshi tarbiya. Uy, mashina bir kun yo‘qoladi, lekin ota-onaning muomalasi umr bo‘yi yodda qoladi.

  13. Dilnoza

    Shu maqolani har bir ota-ona o‘qishi kerak. Ayniqsa “o‘zingizdan boshlang” degan gap juda kuchli aytilgan.

  14. Juda ta’sirli maqola ekan Hozir ko‘pchilik ota-ona bolaga telefon olib berishni “mehr” deb o‘ylaydi, aslida esa mehr boshqa narsada.

  15. “Farzanddan uzr so‘rash” degan joyiga respect Har kim ham bolasidan kechirim so‘ray olmaydi.

  16. Menimcha eng katta meros — tarbiya. Pul topiladi, lekin odob va mehr bo‘lmasa hammasi bekor.

  17. Afsuski, ayrim ota-onalar o‘zini ideal deb hisoblaydi. Bola esa ichida kuyib yuradi…

  18. To‘g‘risi, maqoladagi gaplarning yarmi hayotda ishlamaydi deb o‘ylayman. Hozir zamon boshqacha.

  19. “Ma’naviyat muhim” deyish oson, lekin pulsiz ham yashab bo‘lmaydi-ku

  20. Lekin baribir ota-onaning muomalasi bolaga juda katta ta’sir qiladi. Buni inkor qilib bo‘lmaydi.

  21. Farzand oldida xatoingizni tan olish — kuchlilik belgisi. Shu joyiga gap yo‘q.

  22. O‘qib yig‘lagim keldi Chunki bolaligimda ota-onamdan biror marta “kechir” degan gap eshitmaganman.

  23. Juda chiroyli yozilibdi. Har bir jumlada ma’no bor ❤️

  24. Bolaga eng katta sovg‘a — mehr va e’tibor. Qimmat telefon emas!

  25. Hamma ota-onalar ham bu maqolani o‘qib, ozgina o‘zgarib qolsa edi…

  26. Rostini aytsam, ba’zi ota-onalar faqat buyruq berishni biladi. Keyin bola uzoqlashib ketsa hayron bo‘lishadi.

  27. “O‘zingizdan boshlang” — eng og‘ir gap shu. Chunki odam o‘zini o‘zgartirishni xohlamaydi.

  28. Lekin maqolada ortiqcha romantika ham bor. Hayot faqat mehr bilan yurmaydi.

  29. Shunga qaramay, fikrlar foydali ekan. Ayniqsa tarbiya haqidagi joylari.

  30. Pul va uylar, bu eng katta meros

  31. Juda kerakli mavzu ko‘tarilibdi Farzand qalbi juda nozik bo‘ladi.

  32. Ota-onaning ichki holati bolaga o‘tadi degani 100% to‘g‘ri. Uyda janjal ko‘p bo‘lsa, bola ham sinadi.

  33. Men ham qizimdan xato qilsam uzr so‘rashga harakat qilaman. Shunda u menga yaqinroq bo‘ladi ❤️

  34. Maqolani o‘qib o‘zimga ham xulosa qildim. Rahmat yozgan insonga

  35. Dilshod

    Hammasi juda togri yozilgan

  36. Bolaga aql va odob berish eng muhimi

  37. Uylar qoldiraman

  38. Alisher

    Hammasi togri

  39. Raxmat maqola uchun

  40. Pul qolsa boldi va uylar

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social