Tabiat va milliylik uyg‘unlashganda: dunyo ayollarining an’anaviy liboslari (foto)

Tabiat va milliylik uyg‘unlashganda: dunyo ayollarining an’anaviy liboslari (foto)

Polshalik suratchi Anita Demianovich turli davlatlarda bo‘lib, mahalliy aholining milliy liboslarini tabiat bilan uyg‘unlikda suratga oldi.

Anita 8 yillik faoliyati davomida juda ko‘p inshoot, shahar, xushmanzara joylarni suratga olgan. U ayniqsa tabiat manzaralarini rasmga olishni yoqtiradi. Suratkashning galdagi galereyasidan o‘rin olgan rasmlar nihoyatda go‘zal va takrorlanmas ekani bilan ajralib turadi.

Fotograf sayohatlari davomida inson va tabiatni professional darajada birlashtirishga harakat qildi. U 12 davlatni kezib, shu hududlarning an’anaviy kiyimlari bilan uyg‘unlikda mo‘jizaviy joylarini ham suratga oldi.

Ijodkor o‘z galereyasiga «An’anaviy dunyo liboslari» deb nom berdi. U o‘z mehnat mahsuli haqida shunday deydi:

«Tasavvur qilgan manzaralarimni izlab topganimdan so‘ng ham suratlarimda nimadandir yetishmayotgandi. Shunda yerlik aholining milliy liboslarini hududdagi manzara bilan uyg‘unlashtirish fikri tug‘ildi.

Sayohatim 2016 yilda Chexiyadan boshlangan edi. Bu yerdagi milliy liboslarni topish, ijaraga olish oson bo‘lmadi. Ayniqsa Shotlandiya, Norvegiyada milliy kiyimlar ijarasi anchagina qimmat edi.

Kolleksiya juda ko‘p vaqt olganiga qaramay, buni uddaladim deb o‘ylayman. Ammo bu ish tugaganini anglatmaydi. Ushbu galereyada hali bo‘sh joylar bor va ular o‘z suratini kutyapti», – deydi Anita Demianovich.

Nikaragua, Leon

Italiya, Dolomiti

Gvatemala, Vulkan Akatenango

Salvador, Puyerta del Diablo

Kosta-Rika, Rinkon de Vexa

Fransiya, Provans

Norvegiya, Lofoten orollari

Shotlandiya, Skav oroli

Germaniya, Skay oroli

Chexiya Respublikasi, Moraviya

Ispaniya, Tenerife

Meksika, Yukatan

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Diyorbekov

    Juda 4iroyli joylar ekan, qizlar ham 4iroqli.
    Lekin tatusi borligini bekor joylawtiribsiz, tatu gunoh, nima qiladi bula q6liga wunaqa narsala qilib, hunukku dash

  2. Leyly

    Shuni etin, tatu juda xunuk narsa, jinnimi ozi odamla, bunaqa narsala qilib, hayronman unknw

  3. Deni

    Nimala divossila, tatu 46tkiy narsa, bizada afsus yaxwi mastela yo’, b6masa davno 6zimga bitta qivolardim.
    nimasi yomon a?

  4. WQR

    Deni DALBAYOBmisan GUNOHGA BOTB ONANGNKIGA KRB KETASAN TATU QLDIRAMAN DB GANDON…

  5. Hayo

    Xoy sgal telilaga ert bermasda yozela

  6. Fazo.tv

    Salom hammaga, iltimos yozyotganda chiroyliroq so’zlar ishlatinglar, bu yerda bir biriga xurmat qilib, yozishadi, rahmat

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social