Results in Engineering jurnali yozishicha, Ural federal universiteti (UrFU) olimlari voronejlik va Al-Azhar universiteti (Misr)da ishlovchi hamkasblari bilan hamkorlikda gidroksiapatit kristallaridan sun’iy emal olishdi.
Emal muayyan sharoitda organik kislotalar, jumladan, arginin, lizin va gistidin kabi aminokislotalar ishtirokida yaratiladi.
Tish emali — inson organizmidagi eng chidamli to‘qima.
Olingan ashyo haqiqiy tish yuzasiga surtilib, mineral qatlamning hosil bo‘lish jarayoni kuzatildi. Tajriba yakunida qalinligi 300-500 nanometrli qatlam hosil bo‘lishi va u tabiiy tish qatlamidan chidamliroq ekani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Yangi ishlanma shikastlangan yuza (emal qatlami)ni tiklab, tishni yemirilishdan saqlashda qo‘llanilishi kutilyapti.
Barakalla!
Tishlarim buzilib ketvotti, nima qisam buladi?
Tiwlarizi tozalan
Assalomu aliykum hammaga baribir uzimizani tishga xech narsa etmiydi
Qoyil, tiwwi ustiga bu emalni suriwsa zurku
Класс
qoyil
yaxwi
Bizaga kegani4a 10 yil otadi