Tadqiqot: ko‘p uxlash insultga uchrash xavfini oshiradi

Tadqiqot: ko‘p uxlash insultga uchrash xavfini oshiradi

Kam uxlash ko‘plab kasalliklar, oshqozondan tortib infarkt va Alsgeymer xastaligigacha olib kelishi mumkin. Ammo me’yoridan ortiq uxlash ham zararli. Xuachjun fan va texnologiya instituti olimlarining aniqlashicha, ko‘p uxlash keksalarda insultga uchrash xavfini oshiradi.

Mutaxassislar guruhi o‘rtacha yoshi 62da bo‘lgan 31 750 nafar xitoylikning sog‘ligi va uyqusi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandi. Ularni olti yil davomida kuzatib borishdi. Dastlab barcha qatnashchilar sog‘lom bo‘lgan bo‘lsa, tadqiqot davomida 1557ta insult holati qayd etildi.

Tadqiqot davomida o‘tkazilgan so‘rovda ishtirokchilarning 24 foizi kechasi 9 soatdan ko‘p uxlashini ma’lum qildi.

Tahlilda aniqlanishicha, 9 soatdan ortiq davom etadigan tungi uyqu insultga uchrash xavfini 23 foizga oshirar ekan.

Kunduzi uzoq uxlash ham insult ehtimolini 25 foizga oshiradi.

Shuni ham qayd etish kerakki, tadqiqot faqat keksalar orasida o‘tkazilgan, uyquning davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa so‘rov natijalaridan olingan. Bu esa natija yanglish bo‘lishi ham mumkinligini bildiradi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social