Avstraliyada ulkan tayoqli hasharotning yangi turi topildi

Avstraliyada ulkan tayoqli hasharotning yangi turi topildi

Avstraliyaning Kvinslend shtati Aterton tekisligining baland tog‘larida fanga ilgari nomaʼlum bo‘lgan tayoqcha shaklidagi hasharot turi topildi. 40 santimetr uzunlikka ega va og‘irligi golf koptogidek bo‘lgan bu hasharot Avstraliyada aniqlangan eng og‘ir hasharot sanalmoqda. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Olimlar uni acrophylla alta deb nomladi. Kashfiyot Jeyms Kuk universiteti olimi professor Angus Emmott va uning hamkori Ross Kupland tomonidan amalga oshirilgan. Emmottning aytishicha, bir foydalanuvchining ijtimoiy tarmoqqa joylagan rasmi Rossning e’tiborini tortgan. Shu bilan olimlar yangi turni kashf etgan.

Ular bir necha kechani qidiruv bilan o‘tkazib, nihoyat Millaa Millaa va Mount Hypipamee o‘rmonlari orasida hasharotning urg‘ochisini topishga muvaffaq bo‘lgan. Uni pastga tushirish uchun uzun tayoqdan foydalanilgan.

Ushbu hasharot juda baland daraxt shoxlarida yashagani sababli, olimlar uni ilgari ilg‘ay olmagan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u sovuq va nam iqlim sharoitida yashaydi, bu esa uning katta tana tuzilishini izohlab beradi.

Tadqiqot davomida urg‘ochi hasharot uy sharoitida kuzatilgan, unga g‘amxo‘rlik qilingan va tuxumlari yig‘ib olingan. Emmottning ta’kidlashicha, tayoqcha hasharotlarning tuxum shakli boshqalaridan ancha farqlanadi. Kelgusi qadam bu turning erkak namunasini topish. Biroq hasharotning erkaklari nihoyatda ingichka va urg‘ochilardan ko‘p jihatdan farq qilgani sababli bu jarayon qiyin kechmoqda.

Kvinslend muzeyi entomologi Nikol Gunterning bildirishicha, bu topilma Avstraliya biologik xilma-xilligini o‘rganishda muhim qadam bo‘lib, materikda hali ilmiy nomlanmagan hasharotlar juda ko‘p. U Avstraliyadagi hasharot turlarining 70 foizgacha qismi hali o‘rganilmagan deb hisoblaydi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vayeyyyyy, namuncha xunu bomasa

  2. Kattaligichii… fuuuu bad

  3. Bunaqani ozim korganimda, avstraliyadan uje ozbekistonga yugirib kelardim rofl

  4. Koynim aynab ketdi korib bad

  5. Vuy jalap

  6. Bunaqasiyam bolarkanmi? Suniy intelektmasmi?

  7. Rostakam bosa, astofirilllo

  8. Tovbaaaa crazy

  9. Shoxrux

    Hunukku

  10. Namuncha katta wacko

  11. Vayeeeeeeeeeeeeeeeey

  12. Юсуф

    Класс good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social