Telegramning Osiyodagi foydalanuvchilari texnik nosozliklarga duch kelmoqdalar, bu haqida Telegram kompaniyasining Twitter mikroblog tarmog’ida xabar berildi.
“Telegramning Singapurdagi serverlarning asosiy tarmog’i o’chib qolgan. Mazkur nosozlik osiyo foydalanuvchilariga ta’sir qildi. Biz vaziyatni o’rganyapmiz va to’g’rilashga harakat qilyapmiz!” – deb kompaniyaning Twitter akauntida yozildi.
Telegramning ma’lum qilishicha, messendjer bilan muammolar sababi Singapurdagi klasterida elektr-quvvati o’chirilishi bo’lgan.
Avvalroq sentyabrda Telegram Germaniya, Iroq va MDH mamlakatlari, ayniqsa, O’zbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozog’iston va Belarus da bir qator nosozliklar haqida xabar bergan edi.
Manba: Rambler