Shanba 10-iyun kuni Toshkent shahrida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi yangi ekopark ochildi. Mazkur ekopark eski hayvonot bog’i maydoni o’rnida joy oldi.
Ekoparkda ko’plab sayr uchun yo’llar va o’rindiqlar joy olgan. Shuningdek, yugurish joylari, velosipedlar uchun maxsus yo’laklar, mini-futbol, tennis hamda badminton maydonlari va yoga uchun ham maxsus joylar mavjud.
Hullas, ming marotaba eshitgandan ko’ra, bir marotaba borib ko’rgan afzaldir