Qay biri kuchli?

Qay biri kuchli?

N`yu-york shahrida Samsungning to`rtinchi avlod  Android-smartfonining taqdimoti bo`lib o`tdi.  Galaxy S4 ko`rinishidan Samsung’ning avvalgi «flagmani» – Galaxy S3’ni eslatib yuborsada, biroq kompaniya vakillari aniqlik kiritib o`tishgan, yangi qurilma nisbatan «yupqa va mustahkamroq» bo`lib chiqqan.

Shu o`rinda bir savol tug`iladi: Samsung Galaxy S4 eng mashxur iPhone 5 ga raqobat bo`la oladimi? Ularning qay bir kuchli?

Samsung Galaxy S4 ko`rinishi zamonaviy, qurilma og`irligi 130 gramm va qalinligi atigi 7,9 millimetrni tashkil etadi. Korpus polikarbonatdan tayyorlangan. iPhone 5 og`irligi esa 112 gramm, qalinligi esa 7,6 millimetrdan iborat. Ishlab chiqaruvchi kompaniya vakilining so`zlariga ko`ra, dunyoning eng yupqa smartfoni hisoblanadi. Korpusi esa metaldan tayyorlangan.

Galaxy S4 da esa ikkita funktsiya Smart Scroll i Smart Pause funktsiyalari foydalanuvchi e`tiborini o`ziga tortadi. Smart Scroll sizning harakatlaringizni nazorat qilib, uzun e-mail yoki kitob o`qiyotganingizda avtomatik tarzda matnni pastga surib boraveradi. Smart Pause esa sizning xarakatingizni nazorat qilib, ekranga qaramagan paytingizda, siz tomosha qilayotgan fil`m yoki klipni to`xtatib turadi.

Galaxy S4 ning yangi 5 dyuymlik ekranining ruxsat eta oladigan o`lchami 1920 ga 1080 piksel. Displeyning har bir dyuymiga 411 piksel` to`g`ri keladi. Ekran Super AMOLED texnologiyasi asosida tayyorlangan. iPhone 5 ning 4 dyuymlik ekranining ruxsat eta oladigan o`lchami esa 1136×640 piksel, displeyning xar bir dyumiga 326 piksel to`g`ri keladi.

Galaxy S4’da ikkita kamera bor: orqa tomondagi kamera 13 megapikselli bo`lsa, oldi tarafdagisi 2 megapiksel`. iPhone 5  da esa 8 megapikselli kamera, oldi tarafdagisi kamera esa 1,2 megapiksil iborat. Smartfon akkumlyatorining hajmi ko`rsatgichi iPhone 5  ga qaraganda ancha yuqoriroq. Ya`ni Galaxy S4’da  2600 milliamper-soatga teng bo`lsa, iPhone 5’da akkumlyatorining hajmi ko`rsatgichi 1440 milliamper-soatga teng.

Galaxy S4 va iPhone 5  ikkala smartfonda ham 16, 32 yoki 64 gigabaytli ichki xotira bilan ta`minlangan. Samsung qurilmasiga ikkita yangi datchik – namlik va harorat sensorlari o`rnatilgan. Qurilma aprel` oyi oxirida sotuvga chiqariladi (smartfon oq va qora rangli korpuslarda sotiladi). Samsung bergan xabariga ko`ra, Galaxy S4’ni jahonning 155 mamlakatida sotib olish mumkin bo`ladi.

Sizningcha ushbu smartfonlarning qay biri kuchli?

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rustambek

    Samsung Galaxy S4 замонавий ва кучли

  2. Номаълум

    iPhone 5

  3. hi tech

    самсунг айфондан кучиради, у хали узи хеч бир янгилик яратмади, ундан бундан угирлади, айфонга кесак, ман узим айфонни фанати эмасман, лекин телефон устида хакикий профилар иш олиб борганлиги яккол куриниб турибди

  4. Nigor

    балким бу тугридир хай тек, лекин шахсан мами самсунг планшетларига буган муносабатим умуман бошкача. Галаксий турри презентациясида жуда ажойиб утди. Купгина янги фукцияларини намойиш килишди. Манимча айфон бешши презентациясига караганда галаксий турри презентацияси анча мувофакиятли буб утди

  5. 7778

    mangayam galaxy 4 ancha yoqdi faqat qancha turishi haqida hech qanday xabar yu. Kimmi galaxy 4 ri narxidan xabari bor?

  6. Номаълум

    Muallif: 7778. Manicha Galaxy S4 580 dollarlar atrofida bo’sa kerak yana bilmadim.

  7. Asad

    Man ham bitta joyda o’qigan edim. iPhone5 615$, Galaxy S4 590$ edi. Man Galaxyni tanlagan bo’lardim.

  8. Номаълум

    xammadan kim Galaxy ishlayotgan bulsa, ulardan xech yaxshi gap eshitmiman bu telefon haqida.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social