Yillar o`tsa-da yoddan chiqmaydigan to`ylarnitashkillashtirish bo`yicha ilg`or tajribaga ega bo`lgan Turkiya, dunyoning yetakchi hashamatli to`y tashkilotchilari birlashmasi RSVP ning –“RSVP Gala mukofotini topshirish marosimi”da dunyoning eng “Sevimli manzili” deya e`tirof etildi.
RSVP hashamatli to`ylar va ziyofatlar dunyosini birlashtiradigan taniqli platforma bo`lib, simpoziumlar, konferensiyalar, taqdirlashmarosimlari va tarmoq tadbirlarini tashkil qiladi. 2018 yildan beri har ikki yilda birmarta o`tkazib kelinayotgan RSVP anjumani global hashamatli to`y va ziyofatlar sanoatida yetakchi tadbir hisoblanadi. RSVP ning bu yilgi yig`ilishi Ispaniya poytaxti Madridda bo`lib o`tdi. Konferensiya serhasham to`y, ziyofat va tadbir sohasi mutaxassislariga, shuningdek, nufuzli ma`ruzachilarga mezbonlik qildi. 30 mamlakatdan 250 ga yaqin ishtirokchilar ishtirok etgan konferensiyada barqaror tashkilotlar, brending, to`y va tadbirlar sektoridagi tendensiyalar bo`yichaturli simpoziumlar o`tkazildi.
Turkiya marosimdan mukofot va mezbonlik mas`uliyati bilan qaytdi
Konferensiya bu yilgi tadbirga kiritilgan taqdirlash marosimi bilan «birinchi» o`rinni Turkiyaga taqdim etdi. 20 toifadan iborat bo`lgan RSVP Global mukofotlari Turkiyani «Maqsad» nominasiyasida “Sevimli manzil” mukofoti bilan taqdirladi.
Marosimda, shuningdek, navbatdagi konferensiyaning 2024 yil 2-5 aprel kunlari Istanbulda bo`lib o`tishi e`lon qilindi. Istanbul dunyo miqyosidagi keng qamrovli marosim vatanlarni a`lo darajada tashkillashtira olishi va hozirgi zamonaviy shaharlardan biri ekanligi tadbirda alohida tilga olindi.
Turkiya to`y turizmi uchun “Sevimli manzil”!
Sharqning azaliy an`analari va G`arbning zamonaviy sifatlarini o`zida mujassam etgan madaniy merosi, shuningdek, xilma-xil va betakror oshxonasi va cheksiz xarid qilish imkoniyatlari tufayli Turkiya sayohatchilar uchun asosiy tanlovlardan bo`lib kelmoqda. Mamlakat butun dunyo bo`ylab nikoh to`ylarini ushbu afsonaviy manzilda nishonlamoqchi bo`lgan juftliklarni qabul qilishga doimo shaydir. Istanbul, Bodrum, Antaliya, Kapadokiya, Go`jek, Cheshme va Fethie kabi turizm shaharlari joylashuvidan tortib gastronomiyasigacha ko`plab qiziqarli tanlovlarni taklif etuvchi dunyo miqyosidagi mashhur manzillardan sanaladi. Ushbu to`y va ziyofatlarni yuqori darajada har bir qismiga diqqat qaratgan holda rejalashtiradigan maxsus malakali mutaxassislar mavjud bo`lib, ular nafaqat juftliklarni, balki, mehmonlarni ham yaratgan go`zalliklariyu, antiqa taomlari bilan hayratda qoldiradilar.
Istanbul: An`anaviylik va zamonaviylik uyg`unligi
Turkiyaning “turizm poytaxti” Istanbul, to`ylar uchun eng mashhur tanlovlardan biridir. Sharq va G`arb o`rtasidagi ko`prik bo`lgan shaharning o`ziga xos muhiti va dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan to`g`ridan-to`g`ri uchishlarni taklif qiluvchi aviakompaniyalar tufayli Istanbulga turli qit`alarda yashovchi mehmonlarning osonlik bilan kela olishlari, bu uning asosiy ustunligidir. Istanbulning jozibali va hashamatli mehmonxonalari 200 dan 2000 gacha to`y mehmonlarini sig`diradigan yopiq va ochiq joylar maydonlarga ega. Ajoyib arxitekturasi va zamonaviy infratuzilmasi bilan ajralib turadigan ushbu mehmonxonalarda ziyofat zallari, kurort markazlari va yam-yashil bog`lar mavjud bo`lib, ularda juftliklar istagancha ko`ngil yozishlari va umr bo`yi davom etadigan xotiralarni tarixga muxrlab qo`yishlari mumkin.
Istanbulning to`y o`tkazish manzillari faqat hashamatli mehmonxonalar bilan chegaralanmaydi. Usmonli imperiyasining sobiq poytaxti sifatida shahar o`zining ko`zni qamashtiruvchi saroylari, hamda, villalariga ega. Ularning aksariyati asl qiyofasida tiklangan va zamonaviy buyumlar bilan jihozlangan. Bularning aksariyati Bosfor bo`g`ozi bo`ylab joylashgan va sizga ajoyib manzaralarni taqdim etadi va muhtasham to`ylar uchun ajoyib muhit yaratib beradi!
Bodrum: dabdabali to`ylarning voz kechilmas manzili
Egey mintaqasining eng mashhur hashamatli dam olish maskanlaridan biri bo`lgan Bodrum, romantikaga boy to`ylar uchun go`zal muhitni taqdim etadi. Istanbul singari, Bodrumga ham ko`plab mamlakatlarning poytaxtlaridan to`g`ridan-to`g`ri reyslar orqali osongina yetib borish mumkin.
To`y maskanlari nuqtai nazaridan Bodrumda dunyoga mashhur hashamatli mehmonxonalar tarmog`i va ko`p qirrali yopiq va ochiq tadbir maydonlariga ega romantik mehmonxonalar mavjud va ular 150 dan 1000 tagacha mehmonlarni o`zida jamlaydi. To`ylarni boshidan oxirigacha rejalashtirish va boshqarish bo`yicha mutaxassislar birlashgan holda, Bodrumdagi muassasalar kelin kuyovning barcha orzularini ro`yobga chiqarish uchun barcha kerakli xizmatlarni taqdim etadi.
Bodrumning dunyoga mashhur sohillaridan birida turmush qurishni istagan juftliklar mintaqadagi 5 yulduzli dam olish maskanlarini yoki yanada samimiy va o`ziga xos muhitga ega bo`lgan to`y manzillarini tanlashlari mumkin.
Истанбулга яна бориш ниятим бор
U yerga boriwni kim niyat qimidi?
Men ham bormoqchiman
Toyimni usha yerda utkazaman
Ajoyib mamlakat
Togri tanlov
Истанбулга бориш орзуим!
Gozal, Gozal Joylar!
Yozda boraman Xudo hoxlasa
Yaxshi borib keling
Rahmat
Meni ham olib keting
Hammani bayram bilan!
“Man turkiyaga erga tegaman”
bu niyat 
Omin