Twitter yaqinda audiokartochkani ishga tushurgan edi va ushbu usul boshqa tvitlarni o`qigan vaqtda musika eshitish imkoniyatini beradi. Shunga o`xshash usul video uchun ham paydo bo`ladi. Foydalanuvchilar iOS va Android operatsion tizimlardagi ilovalarda tvitlar lentasini ko`rgan vaqtida videoni ham ko`rishlari mumkin bo`ladi.
Foydalanuvchilarda ikki imkoniyat paydo bo`ladi. U videoni butun katta ekranida yoki kichkina oynachada ko`rishi mumkin. Huddi shunday iOS va Android operatsion tizimlarida YouTube ilovasining ohirgi variantlarida videolarni ham ko`rish mumkin.
Shunday qilib, Twitter foydalanuvchilarga faollik bilan mul`timedia kontentini ishatishga imkoniyat beradi. Endi foydalanuvchi o`zining ishlarini tashlamagan holda video lavhalarnini ko`rib yoki eshitgan holda tvitlarni qo`yishi yoki lentana ko`rib chiqishi mumkin.
Ekspertlarning aytishlaricha, ushbu kiritilgan yangilik Twitter ga videoreklamani ishlatishga imkoniyat beradi va bu narsa ijtimoiy tarmoqga moliyaviy foyda olib keladi.