Mamlakatimizda 14 yanvar` — Vatan himoyachilari kuni katta bayram sifatida keng nishonlanib kelinadi. Ushbu bayramni nishonlash va akalarimiz xamda oila a`zolarimizni tabriklash uchun sovg`a qidirib, akalarimizga yoki turmush o`rtog`imizga nima sovg`a qilsak ekan deb o`ylanib qolamiz. Albatta bozorga yoki magazinga kirsak yigitlar uchun sovg`alar juda xam ko`p. Ammo narxi xar doim ham bizga to`g`ri kelmaydi. Yoki bozorga borishga vaqtimiz bo`lmay shoshilib magazinga kiramiz va ko`zga ko`ringan narsani olamiz.
Aslini olganda sovg`aning katta kichikligi bo`lmaydi. Sovg`a bari bir bu qanday bo`lishidan va narxi qancha turishidan qat`iy nazar sovg`a bo`lib qolaveradi. Ko`pgina xollarda biz sovg`a berishda bir xillikni va xar yilgidek bir xil sovg`a berishni yoqtirmaymiz. Xar doim bayramga nima sovg`a qilsam bo`ladi deb o`ylanib qolamiz?
Eng avvalo bizning ularga bo`lgan xurmatimiz va ularni qadrlashimiz muximdir. Ularni iliq so`z va chin yurak bilan tabriklash juda ham muhimdir. Xar bir inson shirin so`z va dalda so`zlarga juda ham muxtojdir. Sovg`aga kelsak olgan har bir sovg`amizni nafaqat chiroyli so`zlar bilan berish balki, sovg`amizning qanday ahamiyati borligini bilish ham juda ham muhimdir.
O`rta asarlarda ayollar va qizlar o`z turmush o`rtoqlariga yoki sevgilisiga dastro`mol yoki sharf tikib sovg`a qilishgan. Ritsarlar esa ushbu dastro`molni o`z nayzasi uchiga ilib qo`ygan. Buning ma`nosi, nayza uchidagi dastro`mol ritsarga xar doim o`z turmush o`rtog`ini yoki sevgilisini eslatib turgan va jangda g`alaba qozonishga kuch bergan. O`sha davrda ritsarlarga dastro`mol va sharf sovg`a qilishning yana bir qiziqarli ma`nosi bu – “Biz sizlarga ishonamiz” degan ma`noni anglatgan.
19 asrda Buyuk Britaniyada sevgilisining bosh xarfi tushirilgan dastro`mol, askar yigit uchun, eng qadrli sovg`a bo`lgan. Askar esa bu dastro`molni xar doim yonida saqlab yurgan. Keyinchalik yosh yigit bu xaqda barchaga so`zlab bergan. Qolaversa, ba`zi bir askarlar jangda jarohat olgan vaqtida, shu dastro`molni jarohatiga bog`lab qo`yishar va ular buni o`zlari uchun malxamdek bilishgan.
Shunday ekan olayotgan xar bir sovg`amizning qimmatligi va narhi muhim ahamiyatga ega emas balki sovg`amizning ma`nosi va uning qadri juda ham muhimdir.
Sizu bizning bugungidek tinch, xotirjam xayotimiz kurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya kilinmokdaki, mana shunday mas`uliyatli burchni sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta bo`layotgan o`g`lonlarimizni xar qancha e`zozlasak, ko`kka ko`tarsak, arziydi.
Аслини олганда совғанинг катта кичиклиги бўлмайди. Совға бари бир бу қандай бўлишидан ва нархи қанча туришидан қатъий назар совға бўлиб қолаверади.
manimcha ko’pchilik bu bayramda dastro’molnimas, balki iPhone 5 yoki samsung galaxy NoteII ni olishni ko’pro xoxlasalar kere
zo’r maslahat :)! Lekin hozir ko’pchili bunday sovg’alani berish yoki olishni yoqtirishmeydi, sovg’aga bo’lgan shasht ancha o’zgargan
барчани 14 январ, Ватан химоячилари куни билан табриклайман, халкимиз бахтига хамиша сог саломат булинг
xa prikol, agar qizlarga 8 martga dastro’mol sovg’a qilsak ularning xolati qanka bularkan? ))) nima yig’itlar faqat dasto’rmon va paypoqlarga loyiqmi???
Азиз химоячиларимиз, бахтимизга соғ омон бўлинглар! Байрамингиз муборак бўлсин.
rahmat shu bayramni unutmagiz uchun
Sevgan yigitiga nima sovg’a bersa bo’ladi
Bozorga borib rasmsiz futbolka olasiz va tikuvchiga borib o’sha futbolkaga tilagiyizi yozdirasiz bu faqat bayramla uchun emas boshqa paytlarda ham sovg’a qilsa bo’ladi .undan tashqari texnika telefon mp3player naushnik (oddiy naushnikmas)sovg’a uchun ayni muddao
Barcha yigitlani tabrikliman vatan oldida va albatta ota onasi oldida sog’ omon yurila
yigitlaga tasbex bersa xam boladi axir nomoz oqiydiganlaram kammas kop pul xam chiqmidi
Маслахат берворилаа 14чи январга нима совга килиш мумкун
Salom Интизор! Yigitga gadjetlar juda yoqadi, yoki sportga qiziqsa, o’sha sport turiga munosib sovg’alar ham zo’r bo’ladi
Ustozlarga nima sovgʻa bersa boladi
Taniwimga nima sovgʻa qiliwni bilmayapman tavsiya bervorila atiga 1kun qoldi xolosoʻgʻil bola 14yanvar juda ogʻir kun bankrot
Salom NappiOff! Yigitlarga gadjetlar, sport uchun narsalar va kiyim sovg’a qilsa bo’ladi
Men rasmi solingan bokal va yaxshi duxi oldim.Shirinlik bn albatta
Juda zo’r sovg’alar bo’libti Eliza! Juda xursand bo’lgandir?
Dadamga 14-yanvarga nima sovga qisam boladi
Salom oilam baxtim! Dadangiz nima yoqtiradilar?
Salom men sinfdoshimga nima olsam buladi
Salom Guli, budjetlarga qarab, krujka, telefon uchun narsalar yoki qandaydir kichkina gadjetlar
Sevgan insonmga nima sovga qilsam boladi maslahat bervorilar
Salom Risolatxon, sevgan insoningiz nimalarni yoqtiradi va nimalarga qiziqadi?
Sevgan yigitimga nima bersam boʻladi
Salom Shox, kitob, gadjet, kiyim, sharf
Biz qizlar o‘g‘il bollarga nima yoqsa o‘shani olsak bo‘ladi.
Asosan men estalikka qoluvchi sovg‘a olaman va yoniga chiroyli to‘rt va ichimlik qo‘shib qo‘yaman. Hamma nima olishga qurbi yetsa o‘sha sovg‘ani olishiga maslaxat beraman. Biz yana 14 yanvar sifati bilan ularga kotta bayram uyishtiramiz va bu bayramda ular mazza qilib xursandchilik qiladi. Bu quvonch ularga kotta sovg‘a
Juda tugri yozdiz. Barakalla!
snfdoshlarimga nma sovga qisam boladi esda qoladigan narsaladan
Гаджет
Coach azosiga va uni o’rganish uchun nima qilish kk
Тренергами?
Sevgan yigitmga nma sovğa qilsam boladi nma olishni bilmayabman
Салом, гаджетла яхши совга булади
14-yanvarda sinfdoshlarga qanday sovg’a bersa bo’ladi
Hali 2 oy borku
Yigitimga 14-yanvarga nima sovgʻa qilsam boʻladi
sinfdoshmga nma sovg’a qisam bo’ladi
Assalom Alaykum Musulmanka Sharf yoki qoʻlqoplar yoki rubashka lekin atir soat ayriliqqa sabab boʻladi deyishadi shu uchun oʻz variantimni aytdim yoki chashka koffe ichish uchun yana bilmadim va bayram tabrigi yozilgan maktub boʻlsa ham ajoyib manimcha ha yana oʻylanib koʻrib keyin yozaman
Yoki oʻziga yoqadigan narsalar bildirmasdan soʻrab koʻring boshqa doʻstlardan unga nima yoqadi nima yoqmidi shunga qarab harakat qiling agar unga juda yaqin boʻlsangiz unga nima yoqishini bilib olardiz tezda