Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqich birinchi tur uchrashuv natijalari (+video)

Konfederatsiyalar kubogi guruh bosqich birinchi tur uchrashuv natijalari (+video)

Bugun Rossiya maydonlarida bo’lib o’tayotgan Konfederatsiyalar kubogi guruh bahslarining birinchi turi o’z nihoyasiga yetdi. Birinchi tur so’ngi uchrashuvi Avstraliya va Germaniya terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi.

Guruh bahslarini musobaqa an’anasiga ko’ra mezbon jamoa o’yini bilan boshlandi. Unda Rossiya terma jamoasi Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv tahlil qiladigan bo’lsak, ikkala terma jamoa ham muxlislar kutgan o’yinni namoyish qilisha olishmadi. Uchrashuv 2:0 hisobida Rossiya terma jamoasi foydasiga hal bo’lganiga qaramasdan, terma jamoa muxlislari guruhdagi keying raqib jamoalar bilan kechadigan o’yin borasida ancha xavotirda. Chunki guruhdagi qolgan 2 ta terma jamoalar bu Portugaliya va Meksika terma jamoalaridir. Uchrashuv tafsilotlari bilan video orqali tanishib oling:

Rossiya – Yangi Zelandiya 2:0

A guruhdan o’rin olgan ikkita terma jamoalar o’rtasidagi uchrashuv 18-iyun kuni Rossiyaning Kazan shahrida bo’lib o’tdi. Aytib o’tish joiz-ki, ushbu uchrashuv natijasi guruhda kim birinchi va ikkinchi o’rinni egallab guruh bahslarini tugatishiga oydinlik kiritib berishi kutilgandi. Lekin bunday bo’lib chiqmadi. Ancha tajribali va yoshi jihatidan katta bo’lgan Portugaliya termasi futbolchilariga Meksika termasi yosh futbolchilari ancha qatti qarshilik ko’rsatdi. O’yin natijasi 2:2 hisobida yakunlandi. Uchrashuv to’liq tavfsilotini quyidagi videoda ko’rib chiqishingiz mumkin.

Portugaliya – Meksika 2:2

B guruh 1-tur uchrashuvlari Kamerun va Chili terma jamoalari o’rtasida bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ustunlik Chili termasi tomonida bo’ldi. Lekin shunga qaramasdan uchrashuv birinchi yarmida darvozalarga GOL urulmadi. Ikkinchi bo’limda zaxiradan maydonga tushgan Aleksis Sanches Chili termasi o’yinini yanada kuchaytirdi va natijada uchrashuvning 81 va 90+1 daqiqalarida Kamerunliklar darvozasiga javobsiz ikkita GOL kiritshga muvaffaq bo’lishdi. Uchrashuvda kiritilgan gollarni quyidagi video orqali ko’rishingiz mumkin.

Kamerun – Chili 0:2

Guruh bahslari birinchi tur o’yinlarini Avstraliya va Germaniya terma jamoalari uchrashuvi yakunlab beri. Uchrashuv to’liq nemislar ustunligida o’tgan va hisob ham shunga yarasha bo’ldi:

Australiya – Germaniya 2:3

Xabaringiz bor Konfederatsiyalar kubogi har 4 yilda bir marta bo’lib o’tadi. Bu musobaqa futbol bo’yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan davlatda bo’lib o’tadi. Konfederatsiyalar kubogi mezbon jamoa Jahon chempionatiga qay darajada tayyor ekanligiga baho beradigan bo’linsa, yana bir muhim jihati shundan iboratki u qit’a chempionlari orasidan eng kuchlisi nomini aniqlashga yordam beradi.


Konfederatsiyalar kubogi yangiliklarini fazo.tv da kuzatib boring. Biz imkon qadar Siz muhlislarni musobaqa so’ngi yangiliklari bilan tanishtirib borishga harakat qilamiz.


Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social