Xitoyda ulkan NUJ shaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki ochildi

Xitoyda ulkan NUJ shaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki ochildi

15 tematik zonaga bo‘lingan parkda 300 ga yaqin dengiz hayvonlari, shuningdek, 100 turdagi tirik marjonlar yashaydi. 

Xitoyning Chjuxay shahrida ulkan noma’lum uchar jism (NUJ) shaklidagi dunyodagi eng yirik dengiz ilmiy parki Chimelong Spaceship ochildi. Okeanariumda 100 mingdan ortiq dengiz hayvonlari yashaydi.

Chimelong dengiz parkining umumiy uzunligi 650 m, maydoni esa taxminan 40 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Okeanarium kuniga 50 mingdan ortiq tomoshabinni qabul qilishi mumkin. Unda dunyodagi eng katta akvarium displeyi va dunyodagi eng katta jonli marjon akvariumi, shuningdek, eng katta dengiz muzeyi joylashgan. Umuman olganda, 15 tematik zonaga bo‘lingan parkda 300 ga yaqin dengiz hayvonlari, shuningdek, 100 turdagi tirik marjonlar yashaydi.

Bog‘da shuningdek, diqqatga sazovor joylar mavjud. Masalan, Osiyoning suv resurslari va ekotizimlariga bag‘ishlangan «Galaktika qo‘riqchilari» filmi bilan o‘xshashliklarga ega «Kosmos dunyosi», shuningdek, «Bermud sarguzashtlari» simulyatori, unda tomoshabinlar bo‘ron markaziga tushib qoladilar.

Chimelong dizayni 10 yil davomida tayyorlandi va 5 yil davomida qurildi. Bino qurilishi Xitoydagi boshqa yirik istirohat bog‘lariga egalik qiluvchi Chimelong Group kompaniyasiga 1,1 milliard dollarga tushdi.

Chimelong Spaceship ilmiy parki Chjuxayda qurilayotgan ulkan ko‘ngilochar bog‘ning bir qismi bo‘ladi. To‘qqiz yil oldin bu yerda «Okean qirolligi» mavzusidagi akvapark ochilgan edi. Yana ikkita yirik obekt, jumladan, safari bog‘ini qurish ham rejalashtirilgan.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Чиройли килишибти

  2. Vauuuu

  3. Mashaalloh juda goʻzal borishni ALLAH nasib aylasin inshaalloh juda chiroyli

  4. Barchamiz shunday joylarga borib kelaylik

  5. Doniyor

    good good good

  6. Shuxrat

    Zo’rku

  7. Assalom alaykum Otabek aka Amin aytganis kelsin Inshaalloh

  8. Ollohga oshiq qiz

    Assalomu alaykum

  9. Assalom alaykum Soliha sizmisiz yoki boshqami bomisiz yoʻq bob ketdiz nima gaplar

  10. Soliha Gulli Salom alaykum! Qalesila?

  11. Nodirbek

    Juda chiroyli chiqibti

  12. qoyilman

  13. Shodiyaxonim

    Chiroyli

  14. Shoxrux

    good

  15. Эльбек

    Класс

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social