Yangi yilni kutib olish!

Yangi yilni kutib olish!

Yangi yil haqiqatdan ham – xalqaro bayram. Shunday bo`lishiga qaramasdan bu bayramni har bir davlatda har hil nishonlashadi!

Italiya. Yangi yil kuni derazalardan eski dazmol va mebellar uchadi.

Italiyada shunday odat bor, Yangi yilda hamma eski narsalardan qutilish kerak ekan. Shuning uchun yangi yil kechasi derazadan eski narsalarini tashlash odat bo`lib qolgan. Italiyaliklarga bu odat juda yoqib qolgan, ular buni butun ehtiroslar bilan qilishadi: derazadan eski dazmollar, stullar va boshqa eskirgan buyumlar tashlanib yuborilar ekan. Bu narsa Italiyaliklar uchun yaxshi alomatlarning biri, chunki eski buyumlarning o`rnini albatta yangi narsalar egallashi kerak.

Shvetsiya. Yangi yil – yorug`lik bayrami

Shvetsiyada bolalar yangi yil arafasida yorug`lik malikasi Lyuchiyani tanlashar ekan. Uni oq ko`ylak bilan bezatishar, boshiga esa rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan tojni kiydirishar ekan. Lyuchiya bolalarga sovg`a, uy hayvonlariga esa shirinliklar olib kelar ekan. Yangi yil oxshomida uylarda va ko`chalarda chiroqlar umuman o`chirilmas ekan.

Nepal. Yangi yilni qo`yosh chiqishi bilan kutib olishar ekan.

Nepalda Yangi yilni qo`yosh chiqishi bilan kutib olishadi. Kechki payt Oy to`la shaklga kirganida, Nepalliklar katta bir gulxan yoqishadi va unga butun kerak bo`lmagan narsalarini tashlashadi. Ertasi kuni esa kun-rang barang bo`yoqlar bilan boshlanadi. Odamlar o`zlarining yuzlarini, qo`llarini o`zgacha ko`rinishlarda bo`yab olishadi, keyin esa ko`chalarda qo`shiqlar aytib raqsga tushishadi.

2

Angliya

Britaniya orollarida juda keng tarqalgan odat bor “Yangi yilni uyga kiritish” – ramziy odatda eski yilni qo`yib yuborish va yangi yilni qabul qilish. Soat millari 12 ni ura boshlaganda orqa eshiklarni ochib eski yilni chiqarib yuborishadi, soat millari 12 ni urib bo`lganidan keyin esa oldi eshiklarni ochib yangi yilni kutib olisharkan.

Germaniya. Santa Klaus nemislarga eshakda kelarkan.

Germaniyada Santa Klaus Yangi yilga eshakda keladi deb hisoblashadi. Bolalar uxlashlaridan oldin stol ustiga sovg`ani qo`yish uchun tarelkani, paypoqlar ichiga esa Santa Klausning eshagi uchun somon qo`yisharkan.

Kuba. Derazalardan suv to`kisharkan.

Kubaliklar Yangi yil arafasida uylaridagi barcha idishlarni suv bilan to`ldirib qo`yishadi, yangi yil kechasi esa ularni derazalaridan tukib boshlashadi. Shunday qilib bu oroldagi barcha yashovchilar Yangi yilni suvdek ochiq va tiniq bo`lishini istashadi. Soat millari 12 ni ura boshlaganda esa, 12 ta uzum donachalarini eyishlari kerak ekan va shunda butun yil davomida yaxshilik, itifoqlik, rivojlanish va tinchlik har doyim hamrox bo`larkan.

Yaponiya

Yaponiyada Yangi yilni 1 yanvarda nishonlashadi. Yovuz ruhlarni uylariga kiritmaslik uchun eshik tepalariga poxollar ilib qo`yisharkan. Yangi yil boshlanishi arafasida esa ular hursand bo`lib kulgu bilan kutib olishga harakat qilishadi. Yaponiyaliklar kulguni yangi yilda ular uchun omad keltiradi deb ishonishadi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    во ажабо қизик одамлар экан smile

  2. Нигора

    Салом алейкум дустлар! Хаммани кириб келётган янги 2012 йил билан табриклайман! Хаммага соглик ва бахт тилайман! 2011 йили амалга ошмай колган ишларингизнинг хаммаси 2012 йилда амалга ошишини тилайман! Янги йил муборак дустлар!

  3. yangi yilingiz muborak bulsin do’stlarim !!!

  4. Салом

    Хаммага салом! Илойим кириб келган Янги Йил барчангизга бахт олиб келсин. Оилангизга бахт саодат тилайман. Хаётингиз севгига тулиб тошсин.

  5. hi tech

    бизда янги йилни кандай кутишади, бизда хеч кандай одатлар йукми? ким айтади? ёки хар ким уз билганича кутадими?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social