Dunyodagi birinchi yuqori sifatli 4K telefizion ko`rsatish Yaponiyada birinchi bo`lib ko`rsatildi va hozirgi vaqtda uni faqatgina katta maishiy elektron texnika do`konlarida ko`rsa bo`ladi. Gap shundaki, ushbu formatda signal qabul qilish uchun kerak bo`lgan TV-tyunerlar ochiq savdoga chiqmagan. Ularni bozorga chiqishi iyun` oyining oxirida kutilmoqda.
4K tasvir ko`rsatish hozir sifat bo`yicha full high definition (Full HD) dan ko`ra to`rt kara yuqoridir. Uning minimal ruxsati – 8 Mpiks dan ko`proq. Hozirda soat 13:00 dan 19:00 gacha faqat bitta sputnik translyatsiya olib bermoqda, hamda ushbu sputnik esa SKY Perfect JSAT aloqa kopmaniyasiga tegishlidir. Bu birinchi marta televizion signalni telekommunikatsion sputnik olib berishidir.
Yaponiyada yangi formatga o`tish, bozordagi maishiy elektron texnikasiga ijobiy ta`sir qilishiga umid bildirilmoqda. Yaponiyada to`liq keng qamrovli tijoratli 4K ko`rsatish 2016-yildan boshlanishi kutilmoqda.
ehh bu tinib tinchimagan yaponlareyy