Yaponlar eng toza ekologik g‘ildirak diskalarini o‘ylab topdi. Ular buni shokoladdan tayyorlamoqda (video)

Yaponlar eng toza ekologik g‘ildirak diskalarini o‘ylab topdi. Ular buni shokoladdan tayyorlamoqda (video)

Yaponiyaning 4Design kompaniyasi BBS Japan firmasi va an’anaviy idish-tovoqlar ishlab chiqaruvchi Fujita korxonasi bilan birgalikda shokoladdan mitti poyga g‘ildiraklari diskasini tayyorlash imkonini beruvchi texnologiyani yaratdi. Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan press-shakl sanoqli daqiqalar ichida barchaga “Formula-1” poyga bolidining g‘ildiragi shaklidagi shirinliklardan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Ekologik toza diskalar BBS g‘ildirak poygalarini ishlab chiqaruvchi yaponiyalik dizaynerlar, shuningdek, o‘zining an’anaviy mis idishlari bilan tanilgan kompaniyaning hamkorlik mevasi hisoblanadi. Mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan press-shakl qayta ishlangan alyuminiydan iborat oltita mitti ehtiyot qismdan tashkil topgan. Barcha elementlar birgalikda yig‘ilsa, konstruksiya 7 va 8 santimetrli uch o‘lchamli kubga aylanadi.

Konstruksiya markazi bo‘sh bo‘lib, u yerga eritilgan shokolad quyiladi. Yig‘ilgan press-shaklning ichki dizayni sabab erigan massa BBS F1 poyga g‘ildiragi shaklida qotadi. Konfet yakuniy shaklga kirgach, “Formula-1” bolidining g‘ildiragi shaklida paydo bo‘lgan shirinlikni olish uchun noodatiy konstruksiyani qismlarga ajratish kifoya.

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, loyihani yaratishga mutaxassislar 6 oyga yaqin vaqt sarflagan. Dizaynerlar shokoladli press-shakldan tashqari, ichiga BBS logotipi tushirilgan mitti divan yostig‘ini “quyish” imkonini beradigan konstruksiyani ham yaratgan.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. NImala 6ylab topiwmidi wu yaponlar. qoyil qolaman ulaga

  2. chiroyli chiqibti… qoyil qoliw kerek

  3. yaponla jinni 6zi, har xil narsala 6ylab topiwadi rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social