Yevropa Ittifoqi 2035-yildan boshlab elektromobillariga to‘liq o‘tishga kelishib oldi. Ittifoqqa a’zo davlatlar o‘z hududida 13 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli yangi avtomobillarni sotish va ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Qaror Yevropa komissiyasi va Yevropa parlamenti tomonidan ma’qullangan. Shu bilan birga, bir qator yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari, xususan, Volkswagen, Yaguar, Ford, Bentley Motors, Peugeot, Citroen va Fiat 2035-yilgacha o‘zlarining Yevropa liniyalarida faqat elektromobillarni qoldirishlarini e’lon qildi.
Ta’kidlanishicha, mazkur kelishuv yetakchi konsernlar boshqa mintaqalar uchun an’anaviy avtomobillar ishlab chiqarishni davom ettirishini istisno qilmaydi.
2035-yildan boshlab benzin va dizel dvigatelli yangi avtomobillarni sotishni to‘liq taqiqlashdan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari CO2 emissiyasining yanada keskin standartlarini joriy etishga kelishib oldi.
2030-yilga kelib ularni 2021-yil darajasiga nisbatan 37,5 foizga emas, avvalroq rejalashtirilganidek 55 foizga kamaytirishga qaror qilindi.
Жудаям тури килишади!
Yaxwi yaxwi
Elektrokar olardim uzimga
2035 yilga4a an4a vaqt bor hali, otmen qivoriwlariyam mumkn
Ula unaqa qiliwmidi
Juda turi yul tanlawibti
Nima bor bu jinnila haqda yozb???
yaxwi fikr