yo`llari yo`q ajoyib Gitxorn qishlog`iga sayohat

yo`llari yo`q ajoyib Gitxorn qishlog`iga sayohat

Gitxorn qishlog`i dunyodagi eng qulay va hech kim shoshmaydigan joy hisoblanadi.

Gollandiyadagi Gitxorn qishlog`ida bir ajoyib xususiyati bor – bu erda mashinada yoki avtobuslarda yurishmaydi, chunki bu erda yo`llar yo`q, faqatgina kanallar mavjud. Shuning uchun transport o`rniga bu erda qayiqlar bor. Shuningdek, mazkur qishloqni Gollandiyaning Venetsiyasi deb ham atashadi. Bu er tinchlik, qulaylik va butunlay dam olish uchun yaxshi muhit mavjud.

Qishloqning tarihi 1230-yilga borib taqaladi, mamlakatning janubiy tarafdagi qochoqlar guruhi bu joyni topishgan edilar va o`sha vaqtda ularning ko`zlariga faqatgina echki shohlari tashlangan edi. Sababi, katta suv toshqinidan so`ng bu shohlar yig`ilib qolgan edi. Aynan shundan keyin qishloq nomi Goat horns yoki «echki shoxi deb nomlashgan.

Vaqt o`tishi bilan insonlar nafaqat qishloqning nomini o`zgartirishdi, yana ular bu erda juda ko`p torflar (torf – qisman chirigan lishaynik va turli o`simlik qoldiqlaridan paydo bo`ladi, yoqilg`i sifatida ham ishlatiladi) borligini bildilar. Buni topgan suyingan insonlar, qulay bo`lgan joylardan qazib oldilar. Natijada, chuqurliklar paydo bo`ldi, keyin ular ko`l bo`lib ketdi, keyinchalik esa kanallarning zanjiri bo`lib qoldi va hozirda mazkur joylar turistlarni magnitdek o`ziga jalb qilmoqda.

Qishloqda deyarli barcha uylar somon tomlarga ega. Ilgari faqatgina badavlat insonlar haqiqiy tomlarga ega bo`lganlar va kambag`allar somonli tomni ishlatishgan. Biroq hozirda somonli tom juda qimmat turadi.

Odamlar kanallardan ijaraga beriladigan oddiy qayiqlarda, kichik katerlarda kezib o`tishadi. Barchasi elekt manbaida ishlaydi va hech qanday suyuq yoqilg`i ishlatilmaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social