Ko’pchiligimizga ma’lumki, asal va limon yo’talni to’xtatishga yordam beradi. Ammo “Alyn Morice” ismli mutaxassisning aytishicha, shokolad yo’talni to’xtatar ekan va buni yaqinda o’tkazilgan tadqiqot tasdiqlagan.
Professor Moris yo’talni o’rganish xalqaro yig’iniga asos soldi va Hall Universitetida tibbiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Yevropada 163 insonlar ishtirokida tadqiqot olib borilgan va unda ishtirokchilar shokolad asosida dorilarni qabul qilishgan. Natijada, ularda ijobiy o’zgarishlar bo’lgan.
Shokolad dori sifatida foydasini ko’rsatishi bu birinchi tadqiqot emas. Ilgari London Imperial kolleji olimlari kakao-loviya tarkibida bo’lgan teobromin yo’talga qarshi standart kodein vositasidan yaxshiroq ekanini aniqlashgan edi.
Shokoladga ega bo’lgan yo’talga qarshi vositalar nimasi bilan foydali bo’lishadi: ular asab tolalari atrofida qoplama yaratadi va bu narsa yo’talni to’xtatadi. Professorning aytishicha, shokolad bo’lagini sekin shimish ham yo’talni tinchlantirishi mumkin ekan. Yo’talga qarshi shokolad asosidagi yangi vosita Buyuk Britaniya dorixonalarida chiqdi. Balki bizlarga ham tez kunlarda kelib qolar.