AQSHda dengiz mushugiga kompyuter o‘yinlarini o‘ynash o‘rgatildi

AQSHda dengiz mushugiga kompyuter o‘yinlarini o‘ynash o‘rgatildi

AQSH harbiy-dengiz kuchlari dengiz mushugini kompyuter o‘yinlarini o‘ynashga o‘rgatdi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Dengiz sutemizuvchilari kognitiv imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot doirasida hayvonlarga video o‘yinlar o‘ynash o‘rgatilgan. Tajriba San-Diegodagi Poynt-Loma sohilida o‘tkazildi.

Tajribaning birinchi ishtirokchisi baliq, muz va kunduzgi uyquni juda yaxshi ko‘ruvchi Spayk laqabli dengiz mushugi bo‘lgan.

Video o‘yinlarni o‘ynash uchun Spayk tumshug‘i bilan bosadigan maxsus tugmalardan foydalangan. O‘yin davomida murabbiylar uni rag‘batlantirgan va mashg‘ulot tugaganidan keyin mukofot sifatida seld balig‘ini berishgan.

“Spayk o‘zini yaxshi his qilmoqda. Spayk va uning yaqinlari uchun bu quvonchli bo‘lgan uch yillik faoliyatga aylandi va ba’zilari hatto oziq-ovqat bilan rag‘batlantirilmasdan unda qatnashdi”, — deydi AQSH dengiz floti tadqiqotchisi Mezon Pedfort.

Olimning ta’kidlashicha, tadqiqotning butun davri davomida Spayk salomatlik ko‘rsatkichlarini yaxshilagan — uning vazni barqarorlashgan va tibbiy ko‘riklarda o‘zini yaxshi tutgan. Biroq tadqiqotchilar bunga o‘yinlar sabab bo‘lganiga ishonch hosil qilmagan.

AQSH harbiy-dengiz kuchlari vakillarining bergan xabarlariga ko‘ra, dastur doirasida 750 dan ortiq o‘yin sessiyalari o‘tkazilgan.

Kommentlar: 23 komment. 23 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бедненький…

  2. Gulli

    Oxooo zorku ajoyib zor ish bolibdi

  3. Aziza

    Bechora… hayvonlarni qiynashuradi sad

  4. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz yoʻqey manimcha bu qiynash emas hayvonlarni bir yaxshi tomonini koʻrsatishning bir turi

  5. Gulli

    Aziza bormisiz korinmay ketdiz chiqib ketibmi deya oylay boshlagandim yozmay yurganizga nima gapla nimala bilan bandsiz

  6. Aziza

    Salom alaykum Gulli, imtihonla bowlandi, hammayo bow oru bupketti sad 4ar4ab ketvomman, lekn albatta kiraman, sizni tawab ketmiman smile

  7. Gulli

    Ha omad sizga yaxshi topshirib oʻtib oling ha mayli bemalol vaqtiz boganda yozavering men shu yerdaman

  8. Gulli

    Aziza dugonayiz sifatida kutamam imtihon tugandan keyin yozib turing omad esisdan chiqarmay yozib tursangiz boldi

  9. Aziza

    Salom alaykum! Katta rahmat! Teeeezrooo qutilsam edi, 4ar4ab ketti odam laugh

  10. Gulli

    Assalomu alaykum Aziza qalaysiz Ha sabr qiling tugab qoladi hali tugaganini bilmay qolasiz

  11. Aziza

    Rahmat! Uziz qanaqasz?? Yaxwimi?

  12. Gulli

    Yaxshi rahmat yaxshimisiz

  13. Obid

    Zor qilishibtiku

  14. Sayyora

    heart

  15. Oydin

    eh… odamlar hayvonlar bilan nimalar qilishmaydi…

  16. Gulli

    Assalom alaykum ha shuda nima ham derdik

  17. Rustam

    Prikol rofl

  18. Firdavs

    good

  19. Po'lat

    dance

  20. Gulli

    Kompyuter oyini dengiz mushugiga nima keragi bor hayronman uni nima qiladi suvda yuradigan hayvon

  21. Gulli

    Aziza sizga Rosa havasim keladi menga ham nasib qilsin oqishlar bilan band bolib charchab yurish hozir mazza qilib yuribsiz key in by vaqtlarni qumsab yurisiz aniq by vaqtlarni soginib

  22. Aziza

    Xudo hoxlasa albatta nasib qiladi! Hammasi oldinda! Uzizga iwoning kiss Man sizga iwonaman heart

  23. Gulli

    Rahmat aytganis kelsin men ham yaqin dugonam sifatida sizga ishonaman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social