Manchester Yunayted Yevropa Ligasi chempioni

Manchester Yunayted Yevropa Ligasi chempioni
Kecha Joze Mourino boshchiligidagi Manchester Yunayted jamoasi Yevropa Ligasi final o’yinida  Ayaks ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozondi. “Men uchun eng qiyin mavsum yakuniga etdi.

Biz APL orqali emas Yevropa ligasi orqali YeCHLga chiqishni istadik. Endi MYUda jahon futbolidagi barcha sovrinlar bor. Biz Ayaksdan kuchli edik, to’la haqli g’alabaga erishdik. Yigitlar uchun xursandman. Endi tatil boshlanadi. Terma jamoalar ishtirokidagi o’yinlarni ko’rmoqchi emasman. Men faqat o’zimni o’ylayman, etar bas.  So’nggi oylar biz uchun juda og’ir o’tdi, jarohatlar qiynab qo’ydi. Uchta sovrin va YeCHLga yo’llanma olish. Men shunchaki baxtliman. Rahbariyat jamoada kimlarni ko’rishni istashimni biladi. Endi barchasi menedjment va klub xo’jayinlariga bog’liq. Ammo hozir futbol haqida o’ylamayapman” – deb Mourino fikr bildirib o’tdi.

Shuningdek, Manchester Siti o’z hamshahri Manchester Yunayted klubini Yevropa ligasidagi g’alaba bilan tabrikladi. Birlashgan shahar, – deb yozadi Manchester Sitining tvitterdagi rasmiy sahifasi.

 

city

Manba: Championat.asia

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social