Dunyo tomoshabinlarini “ekranga mixlagan” — “Kalmar o‘yini” seriali aktyorlari haqida nimalarni bilamiz?

Dunyo tomoshabinlarini “ekranga mixlagan” — “Kalmar o‘yini” seriali aktyorlari haqida nimalarni bilamiz?

“Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari bir kecha-kunduzda dunyoga mashhur bo‘ldi. Ular hali nufuzli kinofestivallarga taklif qilinmagan bo‘lsa-da, boshqa tomondan, ularning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni Gollivud standartlaridan oshib ketgan. E’tiboringizga mashhurlikka erishgan yulduzlarning hayoti haqida bir qancha ma’lumotlarni havola etamiz.

Li Chon Je

Aktyor 1972-yil 15-dekabrda tug‘ilgan. U kinodagi karyerasini dastlab modellikdan boshlagan. Ilk debyuti “Dinozavr o‘qituvchi” dramasidagi asosiy roli bo‘ldi. 1994-yil “Tuyg‘ular” kartinasi aktyorga muvaffaqiyat keltirgan.

2006-yilgacha aktyor kino sohasida faol ishtirok etgan, so‘ngra 4 yil tanaffus qilgan. 2010-yilda “Xizmatkor” filmida o‘ynab, Yevropa jamoatchiligi orasida ham muvaffaqiyat qozondi.

Aktyorning shaxsiy hayoti sirlarga to‘la. Uning na rafiqasi, na farzandlari haqida ma’lumot bor. Samimiy Song Ki Xun haqiqiy hayotda ijtimoiy tarmoqlardan uzoqda edi. Faqatgina Instagram’da  2021-yil 2-oktabrda, serialning mashhurligi cho‘qqiga chiqqan paytda ro‘yxatdan o‘tdi va birdaniga 3 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega bo‘ldi. O‘z karyerasida yana bir bora muvaffaqiyatga erishgan Li Chon Ji dramaning sahna ortidagi eksklyuziv kadrlarini muntazam ravishda sahifasiga joylab, hamkasblariga yetib olishni xohlaydi.

Chon Xo Yen

Hozirgi kunda Chon Xo Yen eng mashhur koreys aktrisalaridan biri. U 1994-yil 23-iyun kuni Janubiy Koreyaning Seul shahrida tug‘ilgan. Balandligi 177 santimetr, kino olamiga kirib kelmasidan avval modellik bilan shug‘ullangan. Aktrisaning Instagram’dagi sahifasini go‘zalligi va iste’dodini tinmay maqtaydigan 20 milliondan ortiq folloverlar kuzatadi. Qizig‘i shundaki, serial namoyish etilmasidan avval ularning soni 400 mingtani tashkil etgan. Aytgancha, aktrisa “Kalmar o‘yini” serialida Kan Se Bekning roli bilan mashhurlikka erishgan bo‘lsa-da, u moda olamida allaqachon muvaffaqiyat qozongan edi. Modellik faoliyatini 16 yoshdan boshlagan aktrisa “models.com” saytining 50 ta eng yaxshi modellar ro‘yxatidan joy olgan. Shuningdek, Korean Vogue jurnali muqovasi uchun suratga tushgan. Qolaversa, Chanel, Louis Vuitton, Prada va Dolce & Gabbana kabi brendlar ko‘rgazmalarida ishtirok etgan.

Kan Se Bek roli modelning debyutiga aylandi. U qahramonining xarakterini o‘rganish uchun Shimoliy Koreyaning qochqinlari bilan muloqotda bo‘ldi. Ular haqidagi hujjatli filmlarni tomosha qilib, jang san’atini o‘rgandi.

Aktrisaning shaxsiy hayoti haqida ma’lumotlar unchalik ham ko‘p emas. Uning 36 yashar koreyalik aktyor Li Don Xvi bilan munosabatlari jiddiy. Lekin aktrisa sevgilisi bilan tushgan suratlarni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirmaydi.

Serial suratga olinmasdan avval aktrisaning soch turmagi qahramonga mos kelmagan, uning sochlari uzun va qizg‘ish rangda bo‘lgan. Shuning uchun model sochlarini kestirib, tabiiy rangiga qaytargan.

Pak Xe Su 

Pak Xe Su xuddi Li Chon Je singari faqat serialda eng ziddiyatli qahramonlardan birini ijro etadi. Shuning uchun u haqida ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar hanuzgacha davom etmoqda. Aktyor 1981-yil 21-noyabr kuni Janubiy Koreyada tug‘ilgan. Bo‘yi 181 santimetr. Pak Xe Su avval ham ko‘plab seriallarda rol ijro etgan, lekin unga ko‘pincha yordamchi rollar berilgan.

Koreyalik mashhur kishilar singari Pak ham shaxsiy hayotini sir saqlashni afzal ko‘radi. 2019-yil 14-yanvarda sevgilisi bilan turmush qurgan va ularning bir nafar o‘g‘il farzandi bor.

Aktyor “Kalmar o‘yini” serialida suratga tushgandan keyin Instagram’ga qiziqib qolgan. Ko‘rinib turibdiki, aktyor mashhurlikka endigina ko‘nikmoqda va sahifasini ma’nosiz postlar bilan to‘ldirib yubormaslikka harakat qilmoqda.

Vi Xa Jun

Vi Xa Junning postlarini tomosha qilib turib, uni yaxshigina romantik deb atash mumkin. Aktyor 1991-yil 5-avgustda Janubiy Koreyaning Vando shahrida tug‘ilgan. U Sungul universitetining teatr va kino fakultetini tamomlagan. Vi Xa Jun aktyorlikdan tashqari modellik sohasida ham faoliyat yuritadi.

Aktyor muntazam ravishda Instagram’da 8,5 million kuzatuvchilari bilan o‘zining jilmaygan selfilarini baham ko‘radi. Ammo muxlislarni ko‘proq drama yulduzining o‘zi ham namoyish etishni yaxshi ko‘radigan mushaklari jalb qiladi.

Li Yu Mi

Li Yu Mi 1994-yil 18-iyulda Janubiy Koreyaning  Cholla-Pukto shahrida dunyoga kelgan. Drama ixlosmandlari uchun aktrisa begona emas. U o‘zining mashhurlik olib kelgan o‘nlab muvaffaqiyatli rollariga ega. Aktrisaning karyerasini hozirda 22 ta film tashkil qiladi.

Serial namoyishidan so‘ng aktrisaning Instagram sahifasifa kuzatuvchilar soni oshdi, folloverlarning soni 6,2 millionga yetdi.

Xo Son Te

“Kalmar o‘yini” serialining aktyorlari har doim ham o‘z qahramonlariga o‘xshamaydi. Xo Son Te esa buning isboti. 101-raqamli tajovuzkor va hasadgo‘y o‘yinchi hayotda aslida mushuklarni yaxshi ko‘radigan xushmuomala va muloyim odam.

Aktyor 1977-yil 20-oktabrda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida tug‘ilgan. Xo Son Te kino olamiga yetuk yoshida kirib kelgan. U 2011-yil iste’dodlar shousida ishtirok etish uchun ariza yuborgan. 2012-yil “Maskarad” filmini ijro etgach, yiliga kamida ikkita filmda suratga tusha boshladi.

Shuningdek, aktyor rus tilini yaxshi biladi, chunki u Pusan milliy universitetining rus tili bo‘limini tamomlagan. Shundan so‘ng LG kompaniyasinig Rossiya vakolatxonasida ishlay boshlagan.

“Kalmar o‘yini”ning rus tomoshabinlari aktyorning rus tilida so‘zlasha olishini bilib, uning postlarini sharhlarga to‘ldirib yubordi. Aktyorning o‘zi bunday e’tibordan juda xursand bo‘ldi, hatto o‘z sahifasiga Vladimir Putin ishtirokidagi memlarni joyladi.

Xo Son Tening shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas. U sira ham oilasi va bolalari haqida gapirmagan.

Anupam Tripati

Ali qahramonining muxlislari aktyorning juda ko‘p qirrali ijodkor bo‘lganidan hayratda qoldi. Anupam Tripati 1988-yil 2-noyabr kuni Hindistonning Nyu-Deli shahrida tug‘ilgan. 2006-yilda u qo‘shiqchilik va aktyorlik mahoratidan dars olgan. 2010-yilda yaqin do‘stining maslahati bilan Koreya milliy san’at universitetiga o‘qishgan kirgan. Shundan so‘ng Janubiy Koreyada yashab qolgan.

Aktyor debyutini 2014-yilda “Otamga duo” filmida ijro etgan. O‘shandan buyon Anupam muntazam ravishda film va seriallarda rol ijro etadi, lekin hammasi ikkinchi darajali edi. Shuningdek, ko‘pincha hind millatiga mansub aktyorga odatda muhojir obrazi topshirildi.

Anupamning ham shaxsiy hayoti haqida hech narsa ma’lum emas, u na oila va na sevgilisi haqida so‘z yuritadi. Faqatgina o‘z kasbi haqida gapirishni afzal ko‘radi.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, dastlab madaniyat va tilga moslashish qiyin bo‘lgan. Lekin u hozirda koreys tilini mukammal biladi. Ma’lum bo‘lishicha, Anupam teatrda ishlaydi, gitara chaladi va yaxshi qo‘shiq kuyladi. Serial namoyishidan so‘ng Instagram’da uni 3,5 milliondan ortiq odam kuzatmoqda.

Kim Ju Ren

Kim Ju Ren sahifasi eng ko‘p sahna orti aks etgan postlarga ega. Aktrisa, shuningdek, o‘z ishini muntazam ravishda baham ko‘rib, kuzatuvchilar bilan yaqin aloqada bo‘lishga harakat qiladi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Men Chon Xo Yen tirik qoladi deb niyat qiludim… afsus sad

  2. Shokir

    Juda z6r serial! Manga yoqdi! Yaqinda bizda ham 6tkaziwadi

  3. Yuldash

    Ko’rmagan ekanman… O’zbek tilida bormi?

  4. Erkin

    Bir marta ko’riwga arziydigan serial, undan ko’pmas

  5. Pan Ji Kun

    heay ji ju rua

  6. Bobur

    serial top! 2 sezonni kutvomman, vawe daxwat 4iqibti acute

  7. Пулат

    бунданда яхши сериал курмагандим. ваще топ сериал!

  8. 123

    smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social