Dunyoning eng boy odami – Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi

Dunyoning eng boy odami – Jeff Bezos koinotda bo‘lib qaytdi

Bortida milliarder, Amazon asoschisi Jeff Bezos va yana uch nafar odam bo‘lgan New Shepard havo kemasi kosmosga chiqib muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.

“Kapsula muvaffaqiyatli qo‘ndi! O‘z uyingga xush kelibsan, New Shepard ekipaji. Bugun haqiqatan ham tarixiy kun”, — deyilgan havo kemasini ishlab chiqqan Blue Origin kompaniyasining xabarnomasida.

New Shepard kapsulasi kosmodromdan uchgach taxminan 350 ming funt masofani bosib o‘tdi, Yer atmosferasini fazodan ajratib turuvchi Karmana chizig‘idan (Yerdan 100 kilometr uzoqlikda) o‘zgan holda koinotga chiqdi. Parvoz taxminan 11 daqiqa davom etgan.

Parashyutlarda Yerga qaytib tushgan kapsula, muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirganidan keyin Bezos kemaga yaqinlashganlarga illyuminator orqali bosh barmog‘ini yuqoriga ko‘targan holda hammasi zo‘r ekanini tushuntirgan va bir necha daqiqadan keyin kapsuladan tashqariga chiqqan. Bezosdan keyin kemadagi boshqa yo‘lovchilar, uning ukasi Mark, AQSh Federal aviatsion boshqarmasi birinchi ayol inspektori Uolli Frank va 18 yoshli Oliver Deymen ham kapsuladan tashqariga chiqqan.

Avval britaniyalik milliarder Richard Brenson koinotga parvoz qilgan,  boshqa millarderlar Ilon Mask va xususan, Jeff Bezos Brensonni koinot chegarasiga muvaffaqiyatli parvozi bilan tabriklagandi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Donik

    Bezos vawe z6r odam. 12 yil Amazon pul keltirishini kutgan, tinmay ishlagan, endi esa katta iwlar qivotti. qoyil qoliw kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social