Fotograf o‘n ming pingvin bilan birga o‘tkazgan oylarini suratlarga muhrladi

Fotograf o‘n ming pingvin bilan birga o‘tkazgan oylarini suratlarga muhrladi

Germaniyalik fotosuratchi va kinorejissyor Stefan Kristman ikki qishni Antarktidadagi Atka ko‘rfazida, 10 ming imperator pingvinlari koloniyasida o‘tkazdi.

BBC’ning Devid Attenboro tomonidan suratga olingan «Dynasties» («Sulolalar») deb nomlangan hujjatli filmida tasvirchi yordamchisi bo‘lib ishlagan Kristman o‘zining «Penguin: A Story of Survival» («Pingvin: omon qolish haqida hikoya») nomli kitobida Antarktidada olgan ba’zi fotosuratlarini e’lon qildi.

Kristman Antarktidadagi ilk qishini 2012 yilda – Alfred Vegener institutida geofizik bo‘lib ishlagan kezlarida kechiradi. U qariyb 15 oyni Atka ko‘rfazi yaqinida joylashgan va har yili minglab imperator pingvinlari to‘planuvchi institut stansiyasida o‘tkazadi.

Fotosuratchi Antarktidada kechgan kunlarini «nihoyatda hayajonli va ayni paytda zerikarli» deb ifoda etdi: «Stansiya juda katta va zamonaviy. Shu bois, odatiy hayot tarzida biror narsani sog‘inishingizga hojat yo‘q. Boshida hammasi juda yangi va hayajonli tuyuladi. Ammo keyin do‘stlaringizni, oilangizni va kundalik yumushlaringizni sog‘inasiz».

«Eng yomoni, ba’zan bir necha haftalab davom etuvchi va stansiyani belanchakday tebratuvchi bo‘ronlardir. Bunday kunlarda kishi o‘zini xuddi qamoqqa tushib qolganday his qiladi. Ammo bu – stansiya hayotining bir qismi ekanini, yomon kunlar yaxshi kunlarning qadrini oshirishini anglaysiz».

Kristman 2016 yilda BBC Natural History guruhidagi ikki hamkasbi bilan «Dynasties» («Sulolalar») serialini suratga olish uchun Antarktidaga yana qaytib keladi.

«Kimdir bilan yoki hech qachon», deydi Kristman Antarktidada yolg‘iz qishlash qarori haqida.

Fotosuratchining aytishicha, pingvinlarning bir joyga to‘planish «marosim»i sovuqqa qarshi maxfiy qurol bo‘lib, u omon qolishning o‘ziga xos strategiyasidir.

«Ulkan bir inkubator maxanizmi kabi harakat qiluvchi pingvinlar oldilaridagi sheriklarining yelkasiga boshlarini suqib, bir-birlariga juda yaqin holda turishadi. Natijada birlashgan tanalar shunday bir harorat yaratadiki, to‘da markazida u hatto 37 darajaga yetishi mumkin», deydi Kristman.

Kristman va uning jamoasi filmni suratga olish paytida kamuflyaj kiyimlar kiyishmagan. Aksincha, ular yo‘qolib qolishlari mumkin bo‘lgan vaziyatlarda oson topilishlari uchun qizil kamzullarni ma’qul ko‘rishgan.

«Ular (pingvinlar – tahr.) uchun quruqlikdan hech qanday xavf yo‘q. Havodagi qushlar, dengizdagi tyulenlar va orkalar ularni ovlashi mumkin», deydi Kristman. Uning ta’kidlashicha, imperator pingvinlari qizil libosli odamlarga ko‘nikib qolishgan.

Suratkashning aytishicha, pingvinlar issiqlikni saqlash uchun bir joyga to‘planishgan payt yetarli darajada isinib olgan pingvinlar ularning orasidan ajralib chiqib, ekspeditsiya a’zolarini «kutib olgan». «Biz bu pingvinlarni «kutib olish qo‘mitasi» sifatida qabul qildik», deydi Kristman.

Kristmanning ta’kidlashicha, imperator pingvinlari ayrim odamlar tomonidan karnay deb ta’riflangan o‘ziga xos xarakterdagi ovozga ega. «10 ming pingvinning jo‘r ovozi juda ham ajoyib. Bu – dunyoning ovloq burchagida, yashash mumkin bo‘lmagan joyda tiriklikka da’vatdir, shu bois ham uchun men uchun ajoyib simfoniya u», deydi Kristman.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Saida

    pingvinlani juda yoqtiraman. vawe z6r ula. hammani seviwadi. afsus uyda boqib b6midi ulani rofl

  2. Тимур

    Улани ёктирмай буладими. ваще зурку ула. бизани зоопаркда боми?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social