Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida ko‘chaga kamroq chiqish va niqob taqishni tavsiya qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang bo‘ronida ko‘chaga kamroq chiqish va niqob taqishni tavsiya qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi 4-noyabrdan buyon O‘zbekistonda kuzatilayotgan chang bo‘ronining inson salomatligiga salbiy ta’siri va undan qanday himoyalanish zarurligi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslik zarur. Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasligi kerak.

Uning ta’kidlashicha, bunday havo tarkibida changlar bilan birga, o‘simlik changchalari, zamburug‘ sporalari juda katta konsentratsiyada bo‘ladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim. Roziqova nim ta’sir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chayish, xonalarni yopiq saqlash, xo‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yishni maslahat bergan.

Shuningdek, ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

Agar fuqarolarda tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, qichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozimligi aytilmoqda.

“3-noyabr kuni tez yordam xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3433 tani tashkil etgandi. Kecha esa bu ko‘rsatkich 4082 taga yetdi. Shundan 678 tasi bevosita nafas siqishi bilan bog‘liq murojaatlardir. Ushbu bemorlarga brigadamiz tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ma’lum qismi gospitalizatsiya qilindi”, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘riboyev.

Eslatib o‘tamiz 4-noyabr kuni tuproqning quruq ustki qatlamlarini shamol ko‘targani tufayli Toshkent shahri va boshqa viloyatlarda chang–qum aralash tuman yuzaga keldi. Poytaxt havosidagi chang miqdori me’yordan 5 barobar oshib ketdi. Shu bilan birga, havo harorati noldan pastga tushdi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nozim

    k64ala axvol, suv y6, internet axvol… apokalipsiz uzbekiston varianti rofl

  2. Romiya

    qa4on 6tib ketadi bu 4angla? k64aga 4iqib bemotti, xavo ahvol

  3. Iroda

    dunyodagi eng yomon havo hozir Toshkentda sad

  4. Asqar

    bugun havo an4a yaxwi, nafas olib b6votti

  5. Said

    Y6llaga suv sepiwdi, an4a 4angla 6tiridi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social