O‘zbekistonda 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart deb belgilandi

O‘zbekistonda 14 toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart deb belgilandi

O‘zbekistonda 18 yoshdan katta bo‘lgan bir qancha aholi qatlamlari koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlanishi shart etib belgilandi.

17 iyul kuni Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Maxsus komissiya qaroriga ko‘ra:

  • 2021 yil 1 sentyabrgacha 18 yoshdan katta bo‘lgan quyidagi toifa yoki guruhdagi aholi qatlami koronavirus infeksiyasiga qarshi 1-doza vaksinalari;
  • 1 oktyabrgacha 2-doza vaksinalari;
  • 1 noyabrgacha 3-doza vaksinalari bilan ommaviy emlanishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan hollar bundan mustasno) shartligi belgilandi.

Ular quyidagilar:

— aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi xizmat ko‘rsatish obektlarining (davlat xizmatlari markazlari, pochta bo‘linmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sug‘urta kompaniyalari, go‘zallik salonlari, sartaroshxonalar va boshqalarning) xodimlari;

— barcha turdagi savdo obektlarining (oziq-ovqat, xo‘jalik mollari, kiyim-kechak do‘konlarining, dorixonalarning va boshqalarning) xodimlari;

— sport maktablarining hamda sport inshootlarining xodimlari;

— madaniy hamda ko‘ngilochar obektlarning va dam olish maskanlarining xodimlari;

— mehmonxonalarning, uy mehmonxonalarining, xostellarning, otellarning, yotoqxonalarning va kempinglarning ishchi-xodimlari;

— yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning xodimlari;

— davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining xodimlari;

— harbiy xizmatchilar;

— umumiy ovqatlanish korxonalarining, xususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoxobchalarining, choyxonalar, to‘yxonalar, kafelar va restoranlarning xodimlari, shu jumladan, mahsulotlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchilar;

— barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy obektlarning xodimlari;

— kommunal xizmat sohasi xodimlari;

— aloqa va telekommunikatsiya obektlarining xodimlari;

— davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xodimlari;

— huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari.

Qayd etilishicha, “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi xavfi bo‘lgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar chiqarish vakolatiga ega.

Ushbu qonunning 30-moddasida sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuiga profilaktik emlashlar o‘tkazish ham kiritilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning “O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan 2015 yil 15 martda tasdiqlangan 0239-07-sonli “Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi” sanitariya qoidalari va normalaridagi epidemiologik ko‘rsatma asosida emlash jadvaliga koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tartibi yuzasidan qo‘shimcha kiritildi.

Majburiy emlash haqidagi qaror shu hujjatlar bilan  asoslangan.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. МАМИРЖОН МАМАДЖАНОВ

    ЕМЛАШНИ ХАФСИЗЛИГИНИ ИНСОНГА ЗИЁН ЕТИШИ УЛИБ КОЛИШ ХОЛАТИГА КИМ ЖАВОБГАР.

  2. Fazo.tv

    Salom МАМИРЖОН МАМАДЖАНОВ, qanday ziyonlar va o’limlar haqida aytyapsiz?

  3. Jasur

    Salom aleykum. 6tgan hafta qildirdim 1 ukolni, hech qanday yomon joyi b6madi. hammasi yaxwi 6tdi. 2 haftadan keyin 2 ukolni olaman. Keyin an4a bemalol b6lib yuraman

  4. Дони

    2чи маротаба ковид болдм олишим шартми

  5. Fazo.tv

    Salom Дони, albatta, kasaldan tuzalganingizdan so’ng, yarim yildan keyin antitelala qomidi. Shunga vaksina qilsangiz, bemalol yurasiz. smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social