“Oskar-2023” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

“Oskar-2023” mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

Dan Kvan va Deniyel Shaynertning 11 ta nominatsiya bo‘yicha taqdim etilgan “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmi taqdirlash marosimida yettita: “Yilning eng yaxshi aktrisasi”, “Yilning eng yaxshi rejissori”, “Yilning eng yaxshi original ssenariysi” va “Yilning eng yaxshi montaj qilingan filmi” yo‘nalishlari bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. “Kit” filmida bosh rolni ijro etgan Brendan Freyzer “Yilning eng yaxshi aktyori” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, “Oskar-2023” tanlovining favoritlaridan biri “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” filmi bo‘lib, loyiha to‘rtta nominatsiya bo‘yicha, jumladan, “Eng yaxshi xalqaro film” nominatsiyasida taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi filmi” — “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” kinokartinasi

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha quyidagi filmlar: “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Avatar: Suv yo‘li”; “Inisherinalik Banshi”, “Elvis”, “Fabelmanlar”, “Tar”, “Top Gan: Meverik”, “G‘amginlik uchburchagi”, “Ayollar gapiradi” loyihalari taqdim etildi.

“Yilning eng yaxshi xorijiy badiiy filmi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

“Eng yaxshi badiiy animatsion film” — Gilermo del Toroning “Pinokkio” filmi

“Eng yaxshi hujjatli film” — “Navalniy”

“Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film” — “Irlandcha xayrlashuv”

“Yilning yaxshi qisqa metrajli animatsion filmi”  — “Bola, ko‘rsichqon, tulki va ot”

“Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film” — “Fil sehrgarlari” kinokartinasi

“Yilning eng yaxshi rejissori” — Den Kvan va Deniyel Shaynert “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmi

Shuningdek, Martin Makdona (“Inisherinalik Banshi”), Stiven Spilberg (“Fabelmanlar”), Todd Fildd (“Tar”), Ruben Estlund (“G‘amginlik uchburchagi”) ham ushbu yo‘nalishda mufokotni qo‘lga kiritish uchun kurashdi.

“Yilning eng yaxshi aktrisasi” yo‘nalishida Keyt Blanshet (“Tar”), Ana de Armas (“Sariq”), Andrea Riseboro (“Lesli uchun”), Mishel Uilyams (“Fabelmanlar”), Mishel Yeoh (“Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”) nomzodlar qatoriga kiritildi.

“Yilning eng yaxshi aktyori” — Brendan Freyzer “Kit” loyihasidagi roli uchun”

Ushbu yo‘nalishda Ostin Batler (“Elvis”), Kolin Farrell (“Inisherinalik Banshi”), Pol Meskal (“Mening quyoshim”), Bill Nigi (“Yashash”) nomzod sifatida ko‘rsatildi.

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” – Jeymi Li Kertis “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida” filmidagi obrazi uchun

“Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor” – Ke Hyuk Kvan “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”

Aktyor Ke Hyuk Kvan mukofotni olayotganda yig‘lab yubordi va nima bo‘lishidan qat’i nazar orzudan voz kechmaslik kerakligi haqida ilhomlantiruvchi nutq so‘zladi.

“Ona, men ‘Oskar’ oldim”, — dedi aktyor sahnadan 84 yoshli onasiga murojaat qilib.

“Eng yaxshi original ssenariy” — “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”

Bu nominatsiyada “Inisherinalik banshi”, “Fabelmanlar” “G‘amginlik uchburchagi”, “Tar” loyihalari nomzodlar qatoriga kiritildi.

“Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy” — “Ayollar gapiradi”

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Ayollar gapiradi” kinokartinasi bilan raqobatlashadigan filmlar orasida “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”, “Pichoqlarni oling: Shisha piyoz”, “Yashash”, “Top Gan: Meverik” loyihalari ham bor edi.

“Eng yaxshi ovozlashtirilgan film” — “Top Gan: Meverik”

“Yilning yaxshi original saundtreki” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

“Eng yaxshi qo‘shiq: “RRR: Inqilob yaqinlashmoqda filmidagi  “Naatu Naatu” taronasi

Shuningdek, bu nominatsiyada Ledi Gaga tomonidan kuylangan “Top Gan: Meverik” filmidagi Hold My Hand va “Qora pantera: Abadiy Vakanda” filmi uchun Rianna kuylagan Lift me up qo‘shig‘i ham nomzod qilib ko‘rsatilgan.

“Eng yaxshi vizual effektli film” — “Avatar: Suv yo‘li”

“Eng yaxshi montaj ishi” — “Barchasi hamma joyda va bir vaqtning o‘zida”

“Yilning eng yaxshi operatorlik ishi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q”

“Eng yaxshi kostyumlar dizayni” — “Qora pantera: Abadiy Vakanda”

“Eng yaxshi grim va soch turmagi — “Kit” filmi

“Yilning eng yaxshi sahnalashtiruvchi rassomi” — “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” loyihasi

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Все везде и сразу дахшат фильм

  2. Aziza

    Freyzer heart

  3. Yusuf

    Xindistonlila yomon kuuu

  4. Timur

    Hammasini turi beriwdi a tak

  5. Odil

    Naatttuuuu Naaattuuuuu

  6. Olim

    music music music

  7. Sayyora

    Yaxwi kinolami? Kurmoq4iman

  8. Пулат

    Китни курин, ваще зур фильм чиккан

  9. Sayyora

    Oskar yutgan4i, yaxwimi?

  10. Рустамбек

    Ваще зур кино, курин, воктиз бекор кетмиди

  11. Eldorbek

    vse vezde va srazu juda yoqdi, oxiri sal 4uzilgan busayam

  12. Sayyora

    Rahmat smile

  13. Shoirbek

    good smile

  14. Qobil

    Bomagan kinola hammasi

  15. Sayyora

    Nega?

  16. A

    Tabriklayman!

  17. Jasurbek

    good good

  18. Gulli

    Ha bu mukofotga loyiq chunki ancha inson mehnati singan batchasi mehnatiga loyiq mukofot olishgan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social