Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar

Qish fasli haqidagi qiziqarli faktlar
Kimdir uchun qish eng yoqimli palla bo’lsa, boshqalar uchun bu yilning eng “yoqimsiz” davri. Hammasi unga qanday qarashingizga bog’liq – ba’zi odamlar ayoz, momiq qor va qor bilan qoplangan landshaftni yoqtirishadi, kimdir qishda faqat loy hamda sovuqni ko’radi. Qizig’i shundaki, dunyo aholisining qariyb yarmi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko’rmagan.
Qish – bizning mamlakatimizda bu dekabr, yanvar va fevral oylari mehmon bo’lsa, janubiy yarimsharda – iyun, iyul va avgust oylarida mehmon bo’ladi. Astronomik qish 21 dekabrdan 21 martgacha davom etadi. Iqlimli qish kunlik o’rtacha harorat nol darajadan pastga tushganda keladi.Ba’zan qish hukmdorlardan birining buyrug’i bilan kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Bir paytlar Fransiya qiroli Lyudovik XIV yozda chanaga minishni xohladi. Hechqanday muammosiz Versal atrofida darhol tuz va shakardan tayyorlangan qor yo’lagi qurildi.

Moskvada eng katta qor parchalari qishda emas, balki bahorda yoqqan. Bu 1944 yil 30 aprelda, poytaxtga to’satdan kuchli qor yog’ishi bilan sodir bo’lgan. Qor parchalari tuyaqush patlariga o‘xshab, insonlarning kaftiday katta edi.

Yevropalik sotsiologlar aholi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnomalar davomida qiziq xulosalarga kelishdi – qishda tug’ilganlarda o’zlarining 100 yoshlariga qadar yashash imkoniyatlarini boshqalarnikiga qaraganda 16% ko’proq bo’larkan. Bundan tashqari, bunday insonlar bardoshliroq va ko’pincha sportda yuqori natijalarga erishadilar.

2012 yilda Venetsiyada shunday sovuq qish bo’lganki, gondolalar muzga botgan va suv ustida harakatlana olmagan. Bungacha shunga o’xshash holat 1985 yilda kuzatilgan.

1468 yilda Burgundiya yerto’lalarida qattiq sovuq tufayli sharoblar muzlab qolgan.

Qorparchalar odamning barmoq izlari kabi, har doim bir-biridan farq qiladi. Ko’p yillik tadqiqotlar davomida bir xil juftlik topilmagan.

Inson qo’liga tushgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo’lgan.

Qishni yoqtirmaydigan odamlar kamdan-kam uchraydilar, ammo undan qo’rqadiganlar ham bor. Ular sovuqqa dosh berolmaydilar, qor va hatto muzdan qo’rqishadi. Psixologlar buni kionofobiya deb tasniflaydilar.

Qishda eng past harorat ko’rsatkichlari qayd etiladi. Shunday qilib, Yerdagi eng sovuq vaqt 2013 yil 8-dekabr edi – Antarktidada Yaponiya stantsiyasida harorat -91,2ºS da qayd etilgan.

Agar bizda qish – dekabr, yanvar va fevral oylari bo’lsa, unda janubiy yarimsharda aksincha. U yerda taqvimiy qish bizda issiq yoz bo’lgan paytda keladi. Bu Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrika va Janubiy Amerika uchun to’g’ri keladi.

Kommentlar: 18 komment. 18 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Divan

    Juda gozal joylar! Qishni juda yaxshi koraman! Qish yuragimga faqat baxt olib keladi!

  2. такдер

    салом ха киш жуда гозал фасил аммо уйингда хамма шаройитинг болса кишки шароит болмаса киш совук коринади smile

  3. Fazo.tv

    To’g’ri aytasiz такдер! Hozirgi kunlarda svet va gazsiz qishni o’tkazish juda qiyin, shunga barchaning uyi issiq bo’lishini tilab qolamiz smile

  4. такдер

    ха тогри салом фазо тв

  5. Fazo.tv

    Salom такдер! Ishlaringiz yaxshimi? uyingiz tinchmi?

  6. такдер

    салом фазо оллохга шукур smile

  7. Fazo.tv

    такдер, bayramga tayyorgarlikni boshladingizmi? smile

  8. такдер

    ммм нима дсамикн негадр бу йилги йанги йил шукухи манда йо шунака босеам арчалани безадм балким бу йил манда коп озгаршла хайотмда боганлги учундр биласзми ота онани уйда хамма нарсала ознкиде болади аммо турмушка чиканинда кен хечнма санки боммаскан хакиннам хичнарсада йо боларкан базда сани йо тасовр килишаркан

  9. Fazo.tv

    Salom такдер! NEga bunday deb o’ylaysiz? qanday qilib buni sezdingiz?

  10. Gulli

    Assalom alaykum qish fasli menga juda yoqadi chunki qishda tugulganman ayniqsa qor juda yoqadi by maqola menga juda yoqdi rahmat fazotv

  11. Farruh

    Tezroq yoz kelsa edi…

  12. Gulli

    Assalom alaykum ozi shundogam yoz keldi hisobi Ku kunlar issiq bolsa yana havo quyoshli bolasa nima yozni juda yaxshi korasizmi deyman qish haqidagi maruzaga yoz kelsa deb yozibsiz

  13. Gulli

    nima bolgandayam qorboron qilishdan zori yoq eng sevimlisi qorboron qilish

  14. Gulli

    qor yogib turgan Paytti juda chiroyli korinadi naqolada xam qish fasli haqida ajoyib sozlar yozilgan

  15. Gulli

    juda chiroyli joylar ayniqsa qor bilan qoplangan uy juda gozal lekin qishda juda sovuq

  16. Gulli

    Ajoyib maqola

  17. Gulli

    ❤️❤️ ajoyib qish fasli juda yoqadi

  18. Gulli

    Qish faslida tugulganlar bormi????

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social